S-400 mi? yoki AQshning boshqa jihatga yo’nalishimi?

Tarixning muayyan davrlari tartib va nizom  tashkil etish vaqtlaridir. Ushbu muddatlar davomida tuzilgan tartib va  nizomlar  noaniqlik yoki tartibsizlikning yangi muhiti bo'lgunga qadar davom etadi.

S-400 mi? yoki AQshning boshqa jihatga yo’nalishimi?

 

 

 

S-400 mi? yoki AQshning boshqa jihatga yo’nalishimi?

Tarixning muayyan davrlari tartib va nizom  tashkil etish vaqtlaridir. Ushbu muddatlar davomida tuzilgan tartib va  nizomlar  noaniqlik yoki tartibsizlikning yangi muhiti bo'lgunga qadar davom etadi.

Yevropada 30 yillik urushni tugatgan Vestfaliya   tartib va nizomi  va  Ikkinchi jahon urushidan keyin Yalta Konferensiyasi  bilan  tashkil topgan "Sovuq urush" tartib va nizomi birinchi esga kelgan global tartib va nizomdir . Yalta konferensiyasida Britaniya Bosh vaziri Uinston Cherchill, AQSh prezidenti Franklin Ruzvelt va Sovet Ittifoqi prezidenti Josef Stalin 1945 yilda Qrimdagi kichik shaharchada  bo’lib o’tgan  Yaltada uchrashdi va  bugunki kunda yangisi   tashkil topmagan  sovuq urush  poydevor qo’yilgan edi.

Anqara Yildirim Beyazıt universiteti Siyosiy fanlar fakulteti dekani Prof. Doktor Kudret BULBULning mavzuga doir fikr va mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz.

Yangi global tartib va nizom  izlanishlari

 "Global tartib, adolatga, rozilikka  va insoniyatning umumiy manfaatlariga asoslangan bo'lishi shart emas. Umumjahon adolat tartibi alohida  bir masala, alohida izlanish va bir ehtiyojdir. Global tartib va nizomga ko'ra, aktyorlar identifikatsiya qilingan va tomonlar majburiy  ravishda yoki  ko’ngilli  ravishda global tizimda ishlashga qodir bo'lgan mexanizmni nazarda tutadilar. Adolatga asoslanishi shart emas, bo'lmagan va  umuman bunday pozitsiyalar aniqlanmagan, shuning uchun natijalar nazarda tutilgan bir tartib va nizomdir . Insoniyat XXI asrga Sovuq urush  tartib va nizomi tugaganligi, ammo yangi tartib va nizom  hali hozir aniqlanmaganligi yana   bir noaniqlikka   kirdi. NATO va Varshava bitimlari va G'arb va shharq bloklari o'rtasidagi sovuq urush Sovet Ittifoqining parchalanishi bilan tugadi.  Holi hozir, sovuq urushning ikki qutbli dunyosi, eng umumiy ma'noda, to'rtta asosiy  yo’nalish  mavjudiyatini  aytish mumkin. AQSh  yo’nalishi : AQSh o'zini  markazlashtiradigan Amerika imperiyasini saqlab qolishga harakat qilmoqda. Shunday qilib, avvalgi yillardagi kabi yumshoq kuch yoki umuminsoniy qadriyatlar, Amerika orzui  kabi odamlar uchun yanada  ko'proq xush yoqishni uyg'otadigan siyosatlarni  tark etib, to’g’ridan to’g’ri manfaat markazli kuch siyosat olib bormoqda. Amerika qo'shma shtatlari endi yana ijobiy va samarali kun tartibi bilan  takror global raqobat bilan o’rtaga chiqishi kutilmaydi. Shuning uchun AQSh boshqa mamlakatlarning global raqobat sharoitida mashhur bo'lishiga yo'l qo'ymaslik siyosatini olib bormoqda. Shu nuqtai nazardan, AQSh, bundan oldin globallashuv g'oyasi bor ekan hozirgi paytda globallashuvga qarshi siyosatlarga tayanmoqda.

Rossiya  yo’nalishi : SSSR  tarqalishidan  so'ng, Rossiya o’zini  tiklanish uchun kurashmoqda. Rossiya hech qachon global miqyosda joziba markazi  bo'lmani  sababli, tiklanish  uchun urinishlari  asosan harbiy darajada  va boshqa  qattiq kuch siyosatlari yuritmoqda.

Xitoy  yo’nalishi: Xitoy iqtisodiy kuch sifatida juda samarali tarzda  rivojlandi, biroq siyosiy va harbiy kuch sifatida  maydonga chiqmagan.

Xususan, AQSh boshqa  aktyorlar  harbiy va siyosiy kuchlar sifatida  o’z mavjudiyatini  aniq ko'rsatmasa ham  Xitoy hozirgina faqat iqtisodiy va texnologik  kuch sifatida o'zini namoyon qilmoqda.

Garchi u juda barqaror bo'lmasa-da, hozirgi paytda siyosiy pozitsiyalardan uzoq turmoqda. Misol uchun, AQSh Hindistonni o'ziga qarshi qo'llab-quvvatlar ekan, u Kashmir masalasida Hindistonga qarshi ochiq pozitsiyani egallamaydi.

 Adolatga asoslangan yangi bir  yo’nalish ehtiyoj bor

To'rtinchi   yo’nalish  esa  global adolatli  yo’nalishi . Afsuski, bunday  bir  yo’nalishi   hali hozir   mavjud emas. Yuqorida aytib o'tilgan aktyorlardan tashqari, global miqyosda adolatga ehtiyoj bor. Global adolat  yo’nalish  faqat xalqaro siyosatni printsipial darajada amalga oshirishda emas, balki boshqa manfaat muvozanatini ta'minlashda ham dolzarb ahamiyatga ega.

XX asrda paydo bo'lgan Yevropa Ittifoqi global aktyor emasligi  juda ham aniq. Yevropa Ittifoqi  21-asrda  o’z  mavjudiyatini davom ettirishi aniq emas. Biroq, Yevropa Ittifoqi davlatlarining  emas, balki Yevropa Ittifoqi  qadriyatga  asoslangan  ba’zi harakatlari global adolatga asoslangan tartib va nizomni  ko'rib chiqishi  mumkin. Turkiyaning mintaqaviy siyosat va global adolat uchun qilgan faoliyat va chaqiriqlari ya’ni  "jahon beshdan  kattaroqdir" chaqiriqlari  esa global adolat izlanishlarining boshida kelmoqda. Buning bilan birgalikda global adolatga asoslangan bir markaz qidirish uchun faoliyat qilgan yetarli darajada o’lka  ham mavjud emas  va ovozlarini chiqaradi deyish  ham mumkin emas.   Insoniyat uchun qadriyatga  asoslangan tinchlik va adolat tartibini ta'minlaydigan bunday  bir yo’nalishning  aktyorlari o'zlarining mavjudligini  ko’rsatish  uchun ko'proq faol va hamkorlik siyosatini  olib borishlari kerak. Turkiya va AQSh o’rtasidagi inqirozni kelgusi hafta analiz qilishda davom etamiz. Ammo holi  hozir masala S-400  mavzusi  emasligi , masala G’arb va G’arb tarafdori  muharrirlarning qat’iylik bilan ta’kidlaganlarining aksiga,  Turkiyadan ko’proq, umumda G’arb va  ayniqsa AQShning o’zgargan global ustuvor yo’nalishlari va o’zlarini joylashtirish shaklidan yuzaga chiqqan masala deb  aytish kifoya qiladi.

AQSh sovuq urush davridan butunlay farqlilashgan va boshqa o’lkalarni hech hisobga olmagan  ustuvor  vazifalari o’zgargan jarayonga S- 400 yoki o’xshash inqirozlar ham  har vaqt mavjud bo’lishi mumkin.

Anqara Yildirim Beyazıt universiteti Siyosiy fanlar fakulteti dekani Prof. Doktor Kudret BULBULning   mavzuga doir fikr va mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik. 

 


Tanlangan kalimalar: Nizomi , Dunyo , S-400 , Aloqa , AQSh , Turkiya

Aloqador xabarlar