Fransiya: yakobinchilar sekulyarizmi

Kun tahlili 22-qism

Fransiya: yakobinchilar sekulyarizmi

Turkiyaning yoki siz yashagan mamlakatning mayda millat vakillari maktabida, oilalarning yahudiy va xristianlarning diniy liboslari bilan, bolalarini olib, maktab ekskursiyasiga chiqishlarining man etilganligini bir tasavvur qilib ko’ring-a. Ishonish qiyin, albatta. Shunday zamonda, bunday narsaning bo’lishi mumkin emas deb e’tiroz bildirar, vaziyatni o’taketgan qoloqlik, o’taketgan johillik deb baholagan bo'lardingiz.

To’xtang, hijolat bo’lmang, bunday vaziyat Turkiyada yoki siz yashagan mamlakatda emas, Fransiyada yuz bermoqchi. Chunki Fransiya musulmonlar uchun huddi shunday qaror qabul qilish arafasida.

Fransiya Senati, hukumat tomonidan tayyorlangan maktab qonuni doirasida maktab ekskursiyalariga chiqqan o’quvchilarga hamrohlik qilgan oila yaqinlarining hijob kiyishini man etgan moddani tasdiqladi. Mazkur qonunning kuchga kirishi uchun, parlament tomonidan ham tasdiqlanishi shart.

Fransiya Ta’lim vaziri Blanquer, maktab ekskursiyalarida ota-onalarning diniy ramzlarni taqmasligi yoki kiymasligi uchun qo’lidan kelganicha kurash olib borish niyatida ekanligini qayd etdi. Hijob kiygan onalarning, o’quvchilarning yaqinlarining, boshlang’ich ta’lim yoshidagi bolalarining maktab ekskursiyalarida ishtirok etishini, sekulyarizm printsipiga to’g’ri kelmaydi degan tushuncha bilan man etgan qonun loyihasi, maktab ekskursiyalarida ota-onalarning, “vaqtinchalik davlat xodimi” sifatiga ega bo’lishi tufayli, hech qanday diniy ramz taqmasligi yoki kiymasligi kerakligiga tayanmoqda.

Fransiyada va bir necha g’arb davlatlarida, ayniqsa Avstriyada shu va shunga o’xshash turdagi taqiqlovchi arxaik tusdagi tatbiqlar va sharhlar oddiy holga aylangan desak mubolag’a bo’lmaydi. Shularning o’zi, avvalgi bir necha maqolalarimda men e’tibor qaratgan g’arbning qay darajada o’ziga bo’lgan ishonchi va erkinligi inqirozi girdobida ekanligini ko’rish uchun yetarlidir. Keling, shunday ekan misollarni ko’paytirmay, bu masala ustidan Fransiyaning qanday qilib erkinlik inqiroziga uchrayotganligiga, totalitarizm tomon qanchalik tez yo’l olinganligi masalasiga to’xtalaylik.

Qonun, yahudiy va xristinalarni o’z ichiga olmaganligi bois teng huquqlilik jihatidan tanqid ostiga olinshi mumkin. Lekin turli xil turmush tarzini yo’q qilgan, ma’naviy bosim ko’rsatgan, diniy erkinliklarni, inson huquqlarini paymol qilgan bu qonunning hamma uchun yo’lga qo’yilishini talab qilishlik ham g’alati bir holatdir. Ha, teng huquqlilikka ham to’g’ri kelmaydi. Chunki bosim ko’rsatishda, erkinlikning cheklanishida teng huquqlilikka o’rin yo’q.

O’z maqsadidan uzoqlashtirilib, bosim o’tkazish vositasiga aylantirilgan sekulyarizm. Sekulyarizm, G’arb davlatlari uchun diniy kurashlardan qutilish uchun ijobiy tusdagi, oldingi qadam hisoblanadi. Turli turmush tarzini yashash huquqini, din erkinligini himoya qilishga qaratilgan mexanizmdir. Bizning tariximiz jihatidan esa, biz aytmasak ham dinlar barcha xilma-xilligi bilan yonma-yon borligini davom ettirayotgan edi. G’arbda, sekulyarizmdan kutilgan foyda islom dinining bag’rikenglik va plyuralistik tusdagi sharhlari bilan ta’minlanayotgan edi.

Isroillik tarix fanlari bo’yicha porfessor, oxirgi davrlarning mashhur yozuvchisi, Yuval Noah Harariyning ifodalari bu vaziyatni yaqqol ko’rsatmoqda. U mavzu haqida shunday deydi:

“O'rta asrlarda Yevropada bag'rikenglikdan asar ham yo'q edi… 1600-yillari Parijda hamma katolik edi. Shaharga bir protestant kirgudek bo’lsa u o’ldirilar edi. Londonda hamma protestant edi. Katoliklardan biri shaharga kirgudek bo’lsa u ham o’ldirilardi. Ana shu davrlarda Yevropada yahudiylar haydalardi. Musulmonlarni esa hech kim xohlamasdi. Holbuki huddi o'sha davrlarda Istanbulda, turli mazhablardagi musulmonlar, katoliklar, armanlar, provaslavlar, greklar va bulg’orlar yonma-yon baxtli yashar edilar”.  

G’arb davlatlarida sekulyarizm turli ishonch va turmush tarzini bir tutish vositasi, bir mexanizm sifatida qabul qilinishiga qaramay ayniqsa Fransiyadagi yuqorida nomi tilga olingan qonun loyihasida uning, ko’pincha dinga bo’lgan bosimlarni orttirgan vositaga aylanganligini ko'rib turipmiz. Yuqoridagi misollarda ham kuzatilganidek dinlar faqatgina siyosiy emas ayni vaqtda yashash joylarining hamma tomonlaridan chetlatilmoqda. Bir diniy bosimga to’siqliq qilinishiga harakat qilinar ekan, sekulyarizm turmushning har bir tarmog’ida, barcha dinlarga tazyiq o’tkazgan yangi dinga o’xshab qoldi. Atrofini din olimlari emas, parlament va sud muassasalari qurshab olgan yangi dindek. Sekulyarizm printsipi turli turmush tarzining yashash joylarini shunchalik cheklar ekan u orqali boshqarilgan mamlakatlar qaysidir din nomidan boshqarilganida edi balkim u mamlakat xilma-xillikka qarshi yana-da qattiqqo’lroq bo’lsa kerak degan fikrdaman. Sekulyarizm printsibi tufayli turli ishonch va turmush tarzidagi jamiyat ijtimoiy hayotdan chetlatilib, ta’lim, madaniyat, siyosiy muhit sekulyarizm asosida yo’lga qo’yilib, jamiyatning butunlay shu tushunchadagi insonlardan iborat bo’lishi ko’zlansa unda sekulyarizm prinsibining natsist yoki kommunist shaxslar yaratishga uringan totalitar tizimdan farqi qolmaydiku.  

Bolalar ustidan gapirish huquqi kimga oid? Yakobincha sekulyarizm tushunchasi eng ko’p bolalarni, turli ishonchlarga qarshi himoya qiladi. Yuqorida qayd etilgan maktab ekskursiyalari misolida bo’lganidek, farzand dunyoga olib kelgan oilaning, diniy jihatdan kim ekanligi, uning o’z farzandi bilan ekskursiyaga chiqishi man etilmoqda. Bu vaziyatda bolaning ta’limini, madaniyatini, kim ekanligini aniqlab olish masalasiga kim qaror beradi degan savol tug’ilmoqda. Davlatmi yoki oila? Agar bu savolga davlat deb javob berilgudek bo’lsa unda nima uchun kommunizm, fashizm, natsizm yanqid qilinmoqda? Yoki davlat u bolani dunyoga olib kelgan oilaga qaramay nima uchun bunday haq va huquqga ega bo’lsin? Oila farzandini eng asosiy inson huquqlaridan mahrum qilgudek bo’lsa unda mayli bunga davlat aralashsin lekin oddiy sharoitda bolaning kim ekanligi, kim bo’lishi masalasida oila qaror beradi.

Anglosakson va kantinental Yevropa sekulyarizmi. Anglosakson sekulyarizmdan maqsad, davlat ishlarini din ta’siridan chiqarishdir.  Shunga qaramay bu mamlakatlarda din davlat munosabati bir-biri bilan tig’iz munosabattadir. Masalan Angliya qirolichasi, ayni vaqtda rasmiy ravishda Anglikan cherkovining ham rahbaridir.

Yevropada esa, “eski rejim”ning qulashi ortidan sekulyarizm orqali oydinlanishni ko’zda tutgan va buning uchun din bilan urf-odatlarning nafaqat siyosiy maydondan balki ijtimoiy muhitdan ham chetlatilishi masalasi, dunyoning hech qaysi nuqtasidan qidirib topilmaydigan, ko’z bilan ko’rib bo’lmaydigan burchakka yashirib qo’yildi. Ushbu yondashuvning Fransiya inqilobidek qonli inqiloblarning, Gitler va Mussolini kabi qonli liderlarning anglosakson yurtlarida emas kontinental Yevropada kuzatilishining muhim sabablaridan biri, bugungi kunda ham yuqorida nomi tilga olingan hududning irqchi partiyalar eng ko’p hukmronlik qilgan hududlarda o’rin olishidir. Chunki din, urf-odat va fuqaro davlat o’rtasidagi vositachi tashkilotlar butunlay yo’q qilinganida, hamma narsa aqlga bog’langanida, ana shu aql va aql orqali tashkil topgan davlat va liderini cheklaydigan hech qanday unsur qolmadi deganidir.

So’zlarimni fransuz ayol yozuvchilardan biri Simone De Bauvoirning bir so’zi bilan tamomlashni maqul topdim yani yozuvchi shunday deydi: "Insonlar uchun yaratilgan mafkuralarga shunchalik bog’landik ki, hatto insonlarni unutdik”.

Poytaxt Anqaradagi Yildirim Beyazit nomidagi universitetning Siyosiy fanlar fakulteti dekani professor doktor Kudret Bulbulning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.



Aloqador xabarlar