Kun tahlili 21- qism

Ibn Xaldun, buyuk islomshunos, davlatlarni odamlarga o'xshatmoqda. Ular odamlardek tug'iladi, o'sadi va o'ladi. Usmonli mutafakkiri Kotib Chalabi ham shunga o'xshash yondashuvga ega.

Kun tahlili  21- qism

 

               Ibn Xaldun, buyuk islomshunos, davlatlarni odamlarga o'xshatmoqda. Ular odamlardek tug'iladi, o'sadi va o'ladi. Usmonli mutafakkiri Kotib Chalabi ham shunga o'xshash yondashuvga ega. Haqiqatan ham, o'tmishda  ko'plab buyuk sivilizatsiyalar, davlatlar tarix sahnasidan olib tashlanganini ko'ramiz. Aytganidek, hayotda o'zgarmas narsa - o'zgarishning o'zidir.

Anqara Yildirim Beyazıt universiteti Siyosiy fanlar fakulteti dekani  Prof. Doktor KudretBULBULning  mavzuga doir fikr va mulohazalarini  e’tiboringizga havola qilamiz...

Biz bugungi dunyoda shu kabi jarayonlarni boshdan kechirmoqdamiz.

AQSh, iqtisodiy, texnologik, siyosiy va printsipial darajada (adolat, inson huquqlari va ma'naviy qadriyatlar jihatidan) global raqobatda muhim mavqega ega emas. AQShning  bu sohalarda global  liderlik raqobatni kuchaytirishi kutilmaydi. Shu sababli, uning globallashuvga qarshi kurashi, ichki bozorni yopuvchi, iqtisodiy va harbiy aralashuv siyosatini global yetakchiligini saqlab qolish uchun  davom ettirishi bir sir emas. Bu kabi himoyachi siyosat, halokatli oqibatlarga olib keladi, ammo konstruktiv, tartib-qoida siyosati global raqobat sharoitida o’lkalarni ilgari olib bormaganini tarix bizga ko’rsatmoqda.

            AQShning taranglikni avj oldiruvchi, iqtisodiy va / yoki harbiy zo'ravonlik siyosatlarini   Xitoy, G'arb davlatlari, Lotin Amerika davlatlari Turkiya kabi va  shuningdek, Eronga qarshi  ancha orttirganini ko’ryapmiz. AQShning yadroviy kelishuvdan bir tomonlama chiqib ketishi, Eronga qarshi embargolar, gormonning qayta isishi, o'zaro qarama-qarshilik bayonotlari  kuchayib borayotgani keskin ko'rsatkichlardir.

AQSh Eronni doimiy ravishda yadroviy qurol ishlab chiqarmaslik uchun  tahdid  qilmoqda. Ha  qo’llanilgan taqdirda, faqatgina insoniyat emas, AQShning Yaponiyada amalga oshirganidek  barcha jonli turlarni tugatish uchun qurollarga ega bo'lish  albatta aqlga to'g'ri kelmaydi. Biroq, Isroil, Hindiston, AQSh va boshqa mamlakatlarning yadroviy qurollarga ega bo’lishi  qanchalik bezovtalik yaratsa, Eron unga ega bo’lishi ham  u qadar bazovta qiluvchidir. Mintaqada ayniqsa Isroilning yadroviy qurolga ega bo’lishi va foydalangan kimyoviy qurollarni ko’rmasdan kelib faqat Eronga bosim qilish, asossiz bir uslub bo’lishdan tashqari, Eronga qonuniylik sharoiti yaramoqda.

Eronning kengayishi

Eronning AQSh  tahdidlariga qarshi  mintaqada yolg'iz ekanini ko'rib turibmiz. Buning eng muhim sababi, mazhabchilikka asoslangan Eronning keng tarqalgan siyosatidir.

Eron to'rt mamlakat poytaxti (Iroq, Yaman, Suriya, Livan) nazoratimizda deb ifoda etar ekan, yana ham yolg’izlashmoqda.

Eron va mustamlakachi davlatlar ham xuddi shunday tarzda harakat qiladilar. O’ziga yaqin muhitlarni gich-gichlab bog'liq mamlakatlarning siyosatlariga aralashmoqda. Eronning mazhabchilik uslubi  va kengaytiruvchi siyosati mintaqada Isroildan  yana  ko'proq bezovtalik  yaratgan

 vaziyatda, Ko'rfaz davlatlarining Isroilga yo'naltirilgan siyosatlarga o'tishning muhim sababi Eronning keng tarqalgan va kengayish siyosatidir. Eronning mintaqada Isroilga qanchalik zarar beradi? U shunday mi? Zarar beradimi? . Ammo Eron siyosati musulmon mamlakatlaridagi barqarorsizlikning asosiy sabablaridan biridir.

AQShning aralashuvi       

Eron yuqorida zikr etilgan  ko’plab  jihatdan tanqidlarga duch kelishi mumkin.       

Ammo Eronni tanqid qilishlar  AQShning Eronga qarshi siyosatlariga ehtimoli aralashuviga hech bir shaklda qonuniy yo'l bermaydi. Chunki AQSh yuqorida aytib o'tilganidek, adolatga asoslangan nuqtai nazardan chiqmaydi. AQShning Eron siyosati o'z manfaatlariga asoslangan 19 va 20 asrning asosiy tushunchasi bo'lib, mustamlakachilarning vositasi sifatida shakllanmoqda. Trump ma’muriyatidagi AQShning  global siyosatining ko'rinishi, shaharcha shefining Qizil tanliklarga qarshi qilgan  amaliyotlarini eslatib turadi. Boshqa tomondan, AQSh va G'arb davlatlari tomonidan ishg'ol etilgan mamlakatlarning hech biriga  tinchlik  olib kelmaganini  bilamiz. Mintaqadagi bunga o’xshash aralashuvlar natijasida millionlab o’lim ,qon, ko'z yoshlari, ko’ch va og’ir sharoit va nahaq sharoit tufayli  terror tashkilotlarining  yana  ham rohat poyda bo’lish  imkonini yaratgan bir sharoitdir.                                

Ehtimoli aralashuvning natijalari

            AQSh taranglikni avj oldirib qo'lini kuchaytirmoqchi, Eronga o'z shartlarini  qabul qildirmoqchi .Oldin ham  juda ko’p marotaba bo’lganidek jiddiy to’qnashuvga aylanmasligi mumkin.

Umid qilamiz bu taranglik hech  bir shaklda to’qnashuvga aylanmas. Faqat saylovni boy berish  urushni boy berishdan yana og’ir deb ko’rilgan bir dunyoda, to’qnashuv ehtimolini ham  o’ylash majburiyatdamiz.  Boshqa o’lkalardan keyin Eronni barqarorsizlashtirib Suriyaga aylantirgan bir Yaqin sharqda hech bir narsa qadimgi kabi  bo’lmas. Yaqin sharqda qolgan oxirgi tinch va huzur-halovat  parchasi ham   yo’q bo’ladi. Yaqin sharq 1- Jahon urushidan keyin bo’lganidek, imperialist o’lkalar hukmron  bo’lgan bir  mintaqa holiga keladi.  Turkiya bunday bir vaziyatda, Suriya masalasidan yan ko’proq  zarar ko’radi. Barcha  yutuqsiz o’lkalarga, Ko’rfaz o’lkalari  ham qo'g'irchoq ma'muriyatlarga  aylantirilgan bir Yaqin sharqda,  Buyuk Isroil loyihasining oldida hech bir to’siq qolmaydi demakdir.

AQShning Eronga aralashishi, Suriya masalasida bo’lgandek, Yaqin sharqda yagona g’olibi AQShning o’zi emas. Isroil bo’ladi.  Eron tahdidiga qarshi AQSh bilan birgalikda harakat qilgan hatto AQShni gich- gichlagan ko’rfaz o’lkalari, Eron tahdidi yo’q bo’lgandan keyin o’z boshlariga  hatto erkin ravishda qola olmaslar. Agar hanuz bir o’lka sifatida qola olsalar, yana ko’proq Isroil va AQShning  nazoratida bo’ladilar.

Turkiyaning  nima qilish mumkin?

            Turkiya, mintaqaviy muammolar, global  aktyorlar aralashuvi bilan yechilmasligini,   bunga o’xshash aralashuvlar mintaqda bezovtalik, kin- nafratni yana ham doimiy holga keltiradi. Mintaqani terror   botqog'iga aylantirishiga doir juda ko’p tajribaga ega.  shu  bois adolatga asoslangan Turkiya, mintaqaga doir siyosatlarida prinsipial pozitsiyasiga ega ekanini  ko'rsatdi. Suriya, Misr, Iroq, Eron va boshqa o’lkalarga qarshi uslubi adolatga mos ekanligining  aniq misoldir. Turkiya, holi hozirdagi prinsipial pozitsiyasini davom ettirish bilan bir qatorda, o’z kelajagiga katta ta’siri bo’ladi. omon qolish muammosini keltirib chiqaradigan bunday nizoning  oldini olish uchun diplomatiyaning barcha elementlaridan foydalanishim mumkin. Yevropa Ittifoqi davlatlari, Xitoy, Rossiya va  ko'rfazi o’lkalari bilan hatto AQSh va Eron bilan izchil muzokaralar olib borib  jarayonni   tinch sevar  metodlar hissa qo’shishlari mumkin.

                                               Turkiya oldindan  Braziliya bilan birga Eron bilan  tuzilgan kelishuv  infratuzilmani tashkil etdi. Rossiya bilan muzokaralar orqali millionlab Suriyalikning muhojir bo'lishiga to'sqinlik qildi. Bolqonlardan , Hindistonga, va Afrikadan Afg'onistongacha , Turkiya dunyoning ko'plab mamlakatlarida global tinchligini qo'llab-quvvatlamoqda. Global  masalalarga prinsipial pozitsiyasiga bilan yondashgan ko’p o’lka ham qolmaganini, ayni paytda Islom hamkorlik tashkiloti  Raisi sifatida Turkiya, Eron-AQSh tarangligida ham, urushning oldin olishi uchun har turli sa’y- harakatni qilishi kerak.

Anqara Yildirim Beyazıt universiteti Siyosiy fanlar fakulteti dekani  Prof. Doktor KudretBULBULning  mavzuga doir fikr va mulohazalarini  e’tiboringizga havola qildik.

 


Tanlangan kalimalar: Muammolar , Isroil , Eron , AQSh , Kun tahlili

Aloqador xabarlar