Kun tahlili 20-qism

Ankaradagi Yildirim Boyazit Universiteti Siyosiy fanlar fakulteti dekani professor Kudret Bulbulning mulohazalari...

1201051
Kun tahlili 20-qism

 

                                        

Hayotga ijobiy nazar tashlovchi bir inson uchun hayotning salbiy qirralarini yozish noqulay bo'ladi, albatta. Men sizlarga mustaqillik uchun bong urgan yuraklar, do'stlik birodarlik, turli to'qnashuvlar haqida emas, balki insonlar orasidagi mehr-oqibat haqida bahs yuritishni juda xohlagan bo'lardim.

      Afsuski, AQSh, Rossiya, Xitoy va boshqa kuchli davlatlarning siyosati tufayli borgan sari bir-biri bilan to'qnashgan davlatlarga aylanib boryabmiz. Dunyodagi kuchli davlatlar bilan bir qatorda, terrorist guruhlar ham insoniyatning hayot doirasini tobora toraytirib bormoqda. G'arb davlatlarining vaziyati ikkinchi jahon urushidan oldingi vaziyatga o'xshab borayotgan bir paytda, boshqa millatlarga qarata ayovsiz hujumlar, manqurt tushunchaga ega bo'lgan DEASh guruhi, Yangi Zelandiya va Shri Lankada bo'lib o'tgan hodisalar, Tarrantizm, Evangelizm kabi jarayonlarni eslagan sari insoniyatning qalbi orqaga tortadi.

Hayot quvonchimizni tobora zimistonga aylantirayotgan bu jarayonlarga qarshi, Islom olamini va umuman butunjahon xalqlarini, do'stona va birgalikda madaniy tushuncha bilan yashashga undovchi chaqiruvlarga muhtojmiz.

Yana ham muhimrog'i har bir millat va din mansubining boshqalarning qadriyatlarini e'zozlovchi hayot axloqiga muxtojmiz bugun. Ayniqsa, din va e'tiqod sohasida, turli din vakillarining bir-birini hurmat qiluvchi bir hayot tarzi, insoniyat muammolarining katta qismini hal qila olsa kerak. 

Insonlar o'z madaniyatiga mansub insonlarni yana ham ko'proq yoqtiradi. Lekin, boshqa madaniyatga mansub insonlarni ajratish, ularga dushman bo'lishning kimga foydasi bor?

Turli madaniyat vakillarini o'ziga dushman deb bilishning o'rniga, ularni bir jamiyatning rang-barangligi, boyligi deb hisoblab, ularga hurmat bilan yondoshish, tinchlik va xotirjamlik olib kelmaydimi?

Faqatgina o'z manfaatini emas, boshqalar bilan o'rtoqlashish, ularni ham o'ylash, xotirjamlikning va barqarorlikning asosiy manbai emasmi?

O'zidan boshqalarni pastga urmaslik, turli til, din, millat, ideologiya va tushunchaga mansub bo'lgan insonlarga hurmat bilan yondashish bir jamiyatda yashashning asosiy kafolati emasmi?

   Aslida yuqorida biz aytib o'tgan qadriyatlar, bugungi kunda olamshumul qadriyatlarga aylangan. Lekin, avvalgi dasturlarimizda aytib o'tganimdek insoniyat go'yoki "qadriyatlarga loqayd" bo'lgan bir zamonga yetib keldik.  Hozirgi davrda har qanday qadriyat ochiq va ayon ravishda oyoq ostiga olinmoqda. Qolaversa, ba'zi shartnomalarda o'rin olganiga qaramay, amalda tadbiq etilmayotgan qadriyatlar va qonunlar, faqatgina qog'ozda qolmoqda afsuski. Chunki hozirgi kunda dunyoning har tarafida turli to'qnashuvlar, radikal harakatlar, asimilyatsiya, ajratish, bosim ostiga olish kabi jarayonlar tobora ortib bormoqda.

Xo'sh, yuqorida ifoda etilgan qadriyatlarni faqatgina qog'oz ustida emas, balki axloqiy jihatdan amalga oshirgan bir tarixiy jarayon bormi?

    Albatta, bizning madaniyatimiz va tariximizda bunday jarayon bor, deya olamiz. Xuroson mintaqasida butun dunyoga yoyilgan idrok, tushuncha, mulohaza kabi qadriyatlar, qadriyatlarning amalga oshishi va qo'llab quvvatlanishini ochiq ko'rishimiz mumkin. Bunga yaqqol dalil sifatida Yasavviylik, So’fiylik, Xuroson So’fiylari, Mavlaviylik kabi turli tariqatlarni ko'rsatish mumkin. Qanday atalishidan qat'iy nazar, qadriyatlarning ichi mazmunga to'la edi. O'z mintaqasi bilan bir qatorda, butun dunyoga yoyilgan tushunchaga va insoniyat jarayoniga ishorat etuvchi bu jarayonni "Xuroson yo'li" deb atasak ham bo'laveradi.

   Avvalo, Xuroson mintaqasiga bir nazar tashlaylik. Eron, Afg'oniston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg'iziston, Qozog'iston va O'zbekistonning bir qismini o'z ichiga olgan hamda Marv, Xirot, Nishapur, Balx, Buxoro va Samarqand shaharlarini o'z ichiga olgan mintaqa “Xuroson” deb ataladi. Ahmad Yassaviy, Naqshbandiy, Mavlono Jaloliddin Rumiy, Xoji Bayram Veli, Xaci Bektoshiy Valiy kabi Xurosondan yetishib chiqqan siymolarning qadriyatga to'la tushunchalari butun dunyoga yoyildi. Ahi Evran, Yunus Emre, Sari Saltuk, Somunju Bobo, Gul bobo kabi tabarruk zotlar esa xuddi shu yo'lni davom ettirgan ma'naviyat me'rosxo'rlaridir.

      Bu muborak siymolarning mustarak xususiyatlari esa, Islom sivilizatsiyasini butun dunyoga yoyar ekan, boshqa din va madaniyatga mansub insonlarni aslo chetlatmay, ajratmay, boshqalardan o'zini ustun ko'rmay, bir jamiyatda turli madaniyat vakillari bilan birga yashashni va bir-birini hurmat qilishni asosiy maqsad qilganligidadur. Xozirgi kunda madaniy qadriyat deb atayotgan bu prinsiplarni, bu tabarruk zotlar o'z hayotlarida va amaliy axloqlarida ko'rsata olganlar. Shu sababli, g'arb davlatlarida boshqa dinga e'tiqod qiluvchilar sudlangan bir paytda, Usmoniy davlati tuproqlarida turli din vakillari o'z dinlariga erkin e'tiqod qila olganlar. Xozirgi kunda umumjahon qadriyatlarini o'z qonunlarida asosiy prinsip deb qabul qilgan davlatlarda ham, Xuroson yo'li deb ataluvchi tushunchani amalda ko'ra olmayabmiz.

    Xuroson yo'li deb ataluvchi qadriyatlarga to'la yo'lning asosiy qoidalarini "Mavlononing yetti nasihati"da yaqqol ko'rish mumkin.

Mardlikda va yordamsevarlikda oqqan daryo kabi bo'l!

Shafqat va rahmdillikda bamisoli quyoshdek bo'l!

Boshqalarning aybini yopishda go'yoki tun kabi bo'l!

Berahmdillik va ayovsizlikda o'lik kabi bo'l!

Kamtarinlikda qora tuproqdek bo'l!

Boshqalarga hurmatda dengiz kabi bo'l!

Qanday bo'lsang shunday ko'rin, yoki ko'ringaningdek bo'l!

 

Hazrati Alining "Insonlar yaratilishda bir-biriga teng, yoki dindagi birodaring bo'lib hisoblanadi" degan ma'noli so'zlari Xuroson yo'lining asosiy g'oyaviy falsafasi bo'lib hisoblanadi. Xuroson mintaqasidan boshlab butun dunyoga yoyilgan bu falsafiy g'oya, aslida Turkiyaning o'z tajribasi desa ham bo'ladi.

Shu sababli dunyodagi musulmonlar va insoniyat duch kelgan millat va din ajratish, kamsitish kabi muammolarni hal qiluvchi yagona davlatlardan biri Turkiya bo'lib hisoblanadi. Dunyoda turli guruhlar o'z manfaatlari uchun tadbiq etayotgan har qanday iblisona, ma'naviyat va qadriyati bo'lmagan radikal rejalari balki vaqtinchalik ularga foyda keltirishi mumkin, lekin uzoq kelajakda insoniyatning asl g'alabasi, tomirlari an'anaga tayangan, tarixda tajriba bilan amalga oshirilgan, axloq to'la "Xuroson yo'li" deb ataluvchi tushuncha va g'oya bilan amalga oshadi, degan fikrdamiz.

    Ankaradagi Yildirim Boyazit Universiteti Siyosiy fanlar fakulteti dekani professor Kudret Bulbulning mavzuga doir mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.


Tanlangan kalimalar: #Kun tahlili , #Xuroson

Aloqador xabarlar