Kun tahlili 15-qism

Dasturimizning bugungi sonida Fransiyadagi komissiya tashkil etilishi say-harakatlaridan yo’lga chiqqan holda Ruandadagi qatliom masalasini qo’lga olamiz.

1180587
Kun tahlili 15-qism

Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1948-yildagi, “Genotsid jinoyatining oldini olish va bunga qo’l urgan jinoyatchilarni jazolash” to'g'risidagi konventsiyasiga ko’ra milliy, etnik, irqiy yoki diniy guruhlarning bir bo’lagini yoki tamomini yo’q qilish maqsadida qo’l urilgan ishlarning har biri alohida-alohida jinoyat hisoblanadi. Bu jinoyat turlariga quyidagicha aniqlik kiritishimiz mumkin: milliy, etnik, irqiy yoki diniy guruhlarga oid kishilarning o’ldirilishi, ularning tanasiga yoki zehniga ziyon yetkazilishi, ularni butunlay yoki ularning bir bo’lagini yo’q qilish maqsadida qo’ldagi shart-sharoitini ataylab o’zgartirish, ularning bola-chaqalik bo’lib o’zidan ko’payishiga to’siqlik qilish uchun choralar ko’rish, ularga oid bolalarning majburiy yo’llar orqali boshqa guruhlarga berilishi masalalari.

Aslida polshalik yahudiy Raphael Lemkin tomonidan natsits Germaniyaga oid va yahudiylarni sistematik ravishda yo’q qilish haqidagi rejani tushintirishga harakat qilinishigacha adabiyot kitoblarida “genotsid” degan tushuncha hech qayd etilmagandi. Lemkin “irq” degan ma’noda yunon tilidagi “geno” so’zini, o’ldirish degan ma’nodagi lotin tilidagi “cide” so’zini birlashtirgan holda “genocide” yani “qatliom” so’zini birinchi marotaba ishlatdi. Mazkur tushuncha aslida ba’zi g’arb davlatlari qo’l urgan va odamgarchilikka to’g’ri kelmagan ishlarni tushintirish orqali yaratilishiga qaramay, bugungi kunda bu tushunchaning yaratilishiga sabab bo’lgan g’arb davlatlari tomonidan, g’arb davlatlaridan boshqa davlatlar uchun foydalanilmoqda.   

Dasturimizning bugungi sonida Fransiyadagi komissiya tashkil etilishi say-harakatlaridan yo’lga chiqqan holda Ruandadagi qatliom masalasini qo’lga olmoqchiman. Ruanda qatliomi Bosniyadan oldingi, odamgarchilik tarixi duch kelgan eng oxirgi qatliom edi desak mubolag’a bo’lmaydi.

Poytaxt Anqaradagi Yildirim Beyazit nomidagi universitetning Siyosiy fanlar fakulteti dekani professor doktor Kudret Bulbulning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qilamiz.

Belgiya ham ana shu klassik siyosiy usulni yani “bo’l, parchala va boshqar” siyositini yo’lga qo’ydi. Ruandaning tarixi aslida mustamlakalashtirilgan boshqa bir necha davlat tarixidan farqli emasdir. Eng avvalo Germaniya tomonidan mustamlaka qilinadi. Germaniya Birinchi Jahon urishida mag’lubiyatga uchraganidan keyin Ruandani Belgiya bosib oladi.

Ruandani mustamlaka qilish usuli ham boshqa davlatlardan farqli emasdir. Belgiya tomonidan Ruandada yo’lga qo’yilgan siyosat, Buyuk Britaniyaning “bo’l, parchala, boshqar” siyosatining boshqa versiyasidir. Belgiya ham, boshqa ko'plab mamlakatlarda bo’lganidek o’zining imperial tizimi uchun ozchiliklarni qo’llab-quvvatlash siyosatini kuzatadi. Shu maqsadda Germaniya tomonidan boshlatilgan va xutularga qarshi tutsilarga tayangan strategiyasi, tutsilarning yana da ustun ekanligini iddio etgan tezizini davom ettirdi. Natijada avvallari, hatto yuzyillar davomida tinchlik ichida umr surgan tutsi va xutu qabilalari o’rtasida to’qnashuv paydo bo’ldi.    

Belgiyaning huddi mana shu “bo’l, parchala, boshqar” siyosatining natijasi, mustaqilligigacha aholi soni jihatidan ozchilikni tashkil etgan tutsilar tomonidan bosim ostida boshqariladi. Ruanda 1961-yili o’z mustaqilligiga erishganida esa yetakchilik xutu qabilasining qo’lida edi. 1950-yillardan keyin esa Belgiya xutu qabilasini qo’llab-quvvatlay boshladi. Bu gal uzoq yillar mobaynida tazyik ostida yashagan xutular huddu shu usulni tutsilarga nisbatan yo’lga qo’ya boshlaydi.   

1994-yil: 1 million qatliom. Aholi soni jihatidan ozchilikni tashkil etgan tutsilar va aholi soni jihatidan ko’pchilikni tashkil etgan xutular o’rtasidagi to’qnashuv 1994-yilgacha davom etadi. 1994-yili xutu qabilasiga mansub bo’lgan davlat rahbari Habyarimana, tutsilar bilan yarashish uchun muzokara o’tkaza boshlaydi va natijada kelishib olinadi. Mazkur kelishuvga ko’ra tutsilar ham mamlakat boshqaruvi organida o’rin oladi lekin Habyarimananing uchog’i o’qqa tutilib o’ldiriladi.

Davlat rahbarining o’ldirilishida tutsilarni ayblagan xutular dahshatli qatliomga kirishadi. Unda roppa-rosa 100 kunda qariyb 1 million kishi o’ldiriladi. Ularning 90 foizi tutsilardan iborat bo’lsa, 10 foizi mo''tadil ko’z qarashdagi xutulardan iborat edi. Qatliomdan tashqari ayollarga tajovuz ham qilinadi. Belgiya tomonidan ataylab tutsi va xutu deb berilgan tug’ilganlik haqidagi guvohnomasi, tutsilarning yana-da qulay aniqlanib o’ldirilishiga yo’l ochadi. Genotsid, qatliom, yuz kından keyin tutsi qabilalari tomonidan tashkil etilgan Ruanda vatanparvarlar frontining poytaxtga kirishi bilan to’xtaydi.  

Gunohsiz insonlarni himoya qilish o’rniga, o’z askarlarini olib ketgan BMT. Qatliom boshlaganida mamlakatda 2500 nafar BMTga oid tinchlik kuchi askari bor edi. Qatliom oldida tutsilar huddi mana shu askarlar kuchog’ida jon saqlashi mumkin edi. Lekin BMTning tinchlik kuchining mazkur voqeaga bo’lgan munosabati 1995-yildagi Bosniyadan, Srebrenitsadan farqli bo’lmadi. Yani ular BMTning Xavfsizlik kengashi qarori bilan 2500 nafarlik askar sonini 250 nafarga tushirdi. Bu vaziyat Srebrenitsada shaharni himoya qilishlikdan mas’ul va asli gollandiyalik bo’lgan BMTning Tinchlik kuchi qo’mondoni Thom Karremansning, unga murojaat qilgan 25 ming kishini, shahar bilan birgalikda serblarga topshirishi bilan barobar.

Ruanda qatliomidagi Fransiyaning roli. Ruanda Davlat rahbari bo’lgan Kagamening qayd etishicha qatliom siyosiy jihatdan to’g’ridan-to’g’ri Fransiya va Belgiya tomonidan tayyorlangan. Shuning uchun ham qatliom qurbonlari Fransiya va Belgiyada, yetakchilarni sudga bergan.

Ruandadagi katolik cherkovi, qatliomdagi roli tufayli ruandaliklardan kechirim so’ragan.

Ruandadagi genotsidga qarshi kurash milliy komissiyasi 2016-yili, mazkur qatliom jinoyatining aybdori va aybdorlar bilan hamkorlik qilganlarning ismini ma’lum qiladi. Ular ro’yhatida Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi raisi Jacques Lanxade bilan birga 22 nafar fransuz ofitserining nomi ham kiritilgan. Fransuz ofitserlar qatliomga qo’l urganlar bilan mashg’ulot o’tkazib, ularni qurol bilan ta’minlashda ayblanmoqdalar.   

Fransiya 1994-yilning 23-iyuni kuni mamlakatning janubiy-g’arbida muhojirlar uchun xavfsiz hudud tashkil etish maqsadida amaliyot boshlatdi lekin Fransiya qatliomning oldini olish o’rniga qatliomchilarni qurol-yaroq bilan ta’minlash yo’li orqali Ruanda vatanparvarlar frontining ilgarilashiga to’siqlik qiladi. Fransuz jurnalist Saint-Exuperyning iddiosiga ko’ra xutularni qurol bilan ta’minlash buyrug’i, o’sha davrning Prezidenti François Mitterrandning Bosh kotibi Hubert Vedrine tomonidan, yozma ravishda berilgan.

Fransiyaning sobiq Prezidenti François Mitterrandning, 1998-yili Le Figaro gazetasiga bergan intervyusi, muloqatdagi ifodasi judayam qorqinchli edi. Chunki unda sobiq Prezident, “U mamlakatlarda qatliomning yuz berishi unchalik ham muhim emasdir” degan edi.

Xalqaro hamjamiyatning bunga bo’lgan e’tirozlari tufatli 25 yil ortidan va nihoyat Macron 2019-yilning aprel oyida, mazkur qatliom ustidan komissiya tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Lekin komissiya ro’yhatida betaraf kuzatuvchi va mutahassilardan iborat emas Fransiya tomonidan “maqbul” deb qo’lga olingan isimlarning o’rin olishi xalqaro hamjamiyatda katta tanqidga yo’l ochdi.  

Belgiya va Fransiya ayblangan Ruanda qatliomiga bundan 25 yil muqaddam qo’l urildi. Brenton Tarrant esa juma namozi chog’ida 50 nafar musulmonni yaqindagina, o’tgan oyda qatl qildi. Bundan buyon imperializm tarix sahifalarida qoldi, shaxsim tomonidan “Tarrantizm” deb qo’lga olingan oq tanlilar terrori yani natsizmning bir turi bundan buyon yo’q degan fikrdamiz. Shunday fikrlash, shunday fikr yuritishlik balkim odamgarchilik uchun shartdir. Bunday dahshatli voqealar tarixda qoldi degan umiddamiz. Lekin shunga qaramay imperialist niyatlar bilan insonlarni o’ldirishni ko’zda tutgan mafkuralarning niyati hali haligacha yangi, hatto yapyangi. Ular har fursatda bizga buni eslatmoqda. Eng yomoni bugungi kunda yana-da ko’p qon to’ka oladigan texnik jihozlarga egalar. Va biz, odam bolasi sifatida, dahshatli voqealarning manbaasi g’arb mamlakatlariga borib tayanganida, birgalikda, kechagidan ham kam qarshilik ko’rsatmoqdamiz. Kechagidan ham kam ko’rib, kechagidan ham kam e’tiroz bildirmoqdamiz.  

Poytaxt Anqaradagi Yildirim Beyazit nomidagi universitetning Siyosiy fanlar fakulteti dekani professor doktor Kudret Bulbulning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

                                                              

 



Aloqador xabarlar