AK Partiya: Muvaffaqiyat va ogohlik…

Ankara Yildirim Beyazit Universiteti Siyosatshunoslik fakulteti dekani professor Kudret Bulbulning saylov haqidagi mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz.

1176011
AK Partiya: Muvaffaqiyat va ogohlik…

                                     

Turkiyada oxirgi mahalliy saylovlar shu yilning 31 mart kuni bo’lib o’tdi. Saylovda “Xalq ittifoqi” blogi 51.6 foiz, “Millat ittifoqi” blogi esa, 37.5 foiz ovoz oldi.

Partiyalarning ushbu saylovdagi olgan ovoz nisbati 2014 yildagi mahalliy saylov natijlari bilan taqqoslanganda, quyidagicha o’zgarishlar ma’lum bo’ladi; Ak partiya 2014 yildagi 43.1 foiz ovoz nisbatini ushbu saylovlarda 44.3 foizga chiqardi, biroq mamlakat miqyosida qo’lga kiritgan shahar meri soni 48 dan 39 nafarga kamaydi.

Jumhuriyat xalq partiyasi ovoz nisbatini 26.6 foizdan 30.1 foizga chiqardi. Mazkur partiya nazorat qiladigan shahar hokimligi sonini 14 dan 21 taga chiqardi. MHPning ovoz nisbati 17.8 foizdan 7.3 foizga tushdi, biroq nazorat qiladigan shahar hokimligi sonini 8 dan 11 nafarga chiqardi. HDP avvalgi saylovda 6.2 foiz, ushbu mahalliy saylovda esa 4.2 foiz ovoz oldi.

Turkiyadagi mahalliy saylov natijalari nimani anglatadi? Dasturimizning bugungi sonida ushbu savolga javob qidiramiz.

Avvalombor shuni aytish joizki, saylovda asl mag’lub bo’lganlar “Turkiya diktatorlikdir” degan tabaqadir.

Bu saylov oddiy mahalliy saylov bo’lishiga qaramay, xalqaro media Turkiyadagi saylovlarga katta e’tibor ko’rsatdi. Buning eng asosiy sabablaridan biri Ak partiya Ankara, Istanbul va Izmir kabi yirik shaharlarning nazoratini qo’ldan boy berganligidir.

Xalqaro media va siyosatchilar diktatorlikda ayblagan bir Turkiya ko’rinishiga o’zlarini shunaqangi ishontirgan ekanki, saylov natijalariga ko’ra, bago’yat osonlik bilan ba’zi shaharlarning qo’ldan boy berilganligini hayrat bilan kuzatib bormoqdalar. Ko’p yillar mobaynida mahalliy saylovlar o’tkazib kelinayotgan Turkiyada bu vaziyat oddiy holdek qabul qilinar ekan, tor panjaradan Turkiyaga nigoh tashlagan ba’zi g’arb medialari natijalarni anglay olmayotirlar. Bu tabaqaning Turkiyaga nisbatan propogandist faoliyatlari yana bir bor puchga chiqdi desak mubolag’a bo’lmaydi. Bu jihatdan balki saylovning asl mag’lubi Erdo’g’anni diktatorlikda ayblagan tabaqalardir.

 

Boshqa mamlakatlarda kommunist partiya bormi? Agar bor bo’lsa, saylovda g’olib bo’lyabdilarmi? Kim biladi.

Ushbu saylovlarda Tunjeli viloyatida okrugidan Turkiya kommunist partiyasi nomzodi g’alaba qozondi. Hamda PKK terror tashkilotining tahdidiga va HDPning tazyiqlariga qaramay. Bu xom-hayol emas, balki haqiqatni ko’rmoqchi bo’lganlar uchun Turkiyada demokratiya borligining yana bir isbotidir.

 

AK Partiya: Muvaffaqiyat va ogohlik…

Ak partiya tashkil topgan kundan e'tiboran 15-marta ishtirok etib kelayotgan ushbu saylovda 44,3% ovoz olib muvaffaqiyatni yana bir bor qo'lga kiritdi. 2002 yildan e'tiboran hukumatni boshqargan ushbu partiya, iqtisodiy muammolarga qaramay, avvalgi saylovlarga nisbatan 1 foiz ko'p ovoz oldi. 2018 yilning 24 iyun  kuni o'tkazilgan prezidentlik saylovida Ak partiya 52,3 foiz ovoz olgan bo'lsa, bu saylov bilan qiyoslaganda 0,7 foizga pasaygan xolos.

Turkiya miqyosida o'z partiyasining ovozlarini orttirgan Ak partiya, ushbu shahar hokimiyati saylovida yirik uchta shaharni qo'ldan boy berdi. Prezident Erdogan o'zining an’anaviy nutqida, nima uchun yirik shaharlarni qo'ldan boy berganligi haqida mulohaza qilganligini va bundan keyingi jarayonda Ak partiya o’z ustida yana ham ko’proq ishlashi kerakligini ta'kidlab o'tdi.

Muxolafatdagi Jumhuriyat Xalq partiyasi, avvalgi saylovlarga qaraganda o'zining ovoz nisbatini oshirdi. Lekin, bu safar avvalgi prezidentlik saylovida partiyaning nomzodi bo'lgan Muharrem İnje qo'lga kiritgan 30,6 foizdan ham oz ovoz oldi. Biroq,  Jumhuriyat Xalq partiyasining muvaffaqiyatidek ko'rsatilayotgan ko'rsatkich, partiyaning yirik shaharlarda o'zining ovozini orttirganligi va bu yerlardagi shahar hokimiyati saylovida g’alabani qo'lga kiritganligidir.

Jumhuriyat Xalq partiyasining Ankara, Istanbul va Antaliya kabi shaharlar uchun ko'rsatgan nomzodlari aslida Jumhuriyat Xalq partiyasining ideologiyasida yetishgan nomzodlar emas.

1994 yilgi saylovlarda go'lib chiqqan Erdogan, o'sha saylovdan keyin Fotixa surasini o'qiganligi uchun Jumhuriyat Xalq partiyasi katta norozichilik ko'rsatganligi hali ham yodimizda. Bu safargi saylovlarda esda qolarlik ko'rinishlardan yana biri, Jumhuriyat Xalq partiyasining Istanbul buyuk shahar hokimligiga nomzodi Ekrem Imamog’luning Qur’on o'qigan onlaridir. Aslida, Turkiya xalqining qadriyatlariga bo'ysingan Jumhuriyat Xalq partiyasining Turkiya uchun samarali xizmat qilishi kutiladi. Bu vaziyat esa prezidentlik tizimining va partiyalararo ittifoqning tabiiy natijasi bo'lib hisoblanadi. Chunki, prezidentlik va partiyalararo ittifoq sistemasida jamiyatni bir-biriga qayruvchi, ziddiyatlarni keltirib chiqaruvchi siyosatchilar emas, balki tinchlikparvar nomzodlar yana ham foyda olib keladi.

 

HDP partiyasining ideologiyasiga bo'yin egmagan kurd xalqi Turkiyaning barqarorligi uchun ovoz berdi.

 

HDP partiyasi har saylovda bo'lganidek, ushbu mahalliy saylov oldi tashviqotlarida ham yana xalqlararo ziddiyatlarni keltirib chiqaruvchi, insonlarni bir-biriga qayrovchi siyosatini davom ettirdi.

HDP partiyasi o'zining saylovchilarini "Kurdistan" uchun ovoz beruvchilar deb atadi.  Lekin, ushbu saylovda HDP partiyasi o’zining mustahkam qal'alari bo'lgan 4 ta yirik shaharni qo'ldan chiqardi.  Shirnak, Agri, Bitlis shaharlarida Ak partiyaning nomzodlari muvaffaqiyatni qo'lga kiritar ekan, Tunjeli shahrini Turkiya Kommunist partiyasining nomzodi qo'lga kiritdi.

Turkiyaning sharqiy va janubi-sharqiy mintaqasidagi kurt millatiga mansub xalqlar Turkiyaning umumiy jamiyatini qo’ldan quvvatlashini, HDP partiyasiga bog'liq emasligini yana bir bora isbotladi. Natijada kurt millatining Ak partiya va MHP partiyasi bilan birga ittifoq qurganligiga qarshi emasligini va hukumat tomonidan shahar hokimliklariga tayinlangan boshqaruvchilardan mamnun ekanligini namoyon qildilar, desak yanglishmagan bo'lamiz.

 

Saylovda ovoz beruvchi saylovchilarning sonida ozayish kuzatildi, bu nimadan dalolat beradi?

Mahalliy saylovlarda ovoz berish uchun borgan insonlarning soni, g'arb davlatlariga qaraganda juda ham baland bo'lib hisoblanadi. Ushbu mahalliy saylovlarga ovoz berish uchun umumiy aholining 84 foizi qatnashdi. Biroq, avvalgi saylovda aholining 89 foizi qatnashganligini e'tiborga oladigan bo'lsak, saylovlarda 5 foizlik ozayishning guvohi bo’lmoqdamiz.  

Buning birinchi sababi, ushbu saylovga partiyalar yakka holda emas, balki boshqa partiyalar bilan ittifoqdosh bo'lib saylovda bellashganligini ta'siri desak adashmagan bo’lamiz.

Chunki, o'z partiyasiga bog'liq saylovchilar, uzoq yillar davomida ovoz bergan o'z partiyasidan tashqari ularning ittifoqdosh partiyalariga ham ovoz berishni o'zlari uchun noqulay deb hisoblaydilar.

Shu sababli, bundan keyingi saylovlarda ham partiyalararo ittifoq tashkil etiladigan bo'lsa, siyosiy partiyalar o'zlarining amblemasini saylov qog'ozlarida aniq qilib ko'rsatadigan sistemani o'ylab topishi kerak deb o'ylaymiz.

Bo'lib o'tgan mahalliy saylov natijasining yana bir qiziqarli tomoni esa, MHP partiyasining 2014 yilda olgan ovozi 17.8 foiz ekan, bu safar 7.3 foiz ovoz oldi. Lekin, qo'lga kiritgan shahar hokimiyati sonini 8 dan 11 nafarga chiqardi. Aynan 7.4 foiz ovoz olgan Yaxshi (İyi) partiya esa hech bir shahar hokimiyatini qo'lga kiritolmadi. Saadet partiyasining umumiy olgan ovozi esa 2.7 foiz nisbatida qoldi xalos.

Natijada Turkiyadagi saylovlarda har doimgidek demokratiya ustunlik qilmoqda. Ushbu natijalarning o'ziyoq Turkiyaning demokratik tuzimiga qarshi salbiy fikr bildiruvchi ba'zi davlatlar uchun katta saboq bo'ldi degan umiddamiz.

Ankara Yildirim Beyazit Universiteti Siyosatshunoslik fakulteti dekani professor Kudret Bulbulning saylov haqidagi mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.


Tanlangan kalimalar: #Ak partiya , #Turkiya , #mahalliy saylov

Aloqador xabarlar