Kapadokiyaga kelgan sayyohlar sonida ortish kuzatildi
O‘tgan 2024 - yili 2023 – yilga nisbatan Kapadokiyaga kelgan sayyohlar sonida ortish kuzatildi.

O‘tgan 2024 - yili Kapadokiyaga kelgan mahalliy va xorijiy sayyohlar soni 2023 – yilga nisbatan 13,5 foizga ortib, 1 million 351 ming 763 nafarga yetdi.
Bu haqida Nevshehir gubernatori Ali Fidan, Go‘reme shaharchasi Oshiqlar tepasida turib bayonot berdi.
Ali Fidanning qayd etishicha tabiiy, tarixiy va madaniy boyliklari bilan ko‘rganlarni o‘ziga rom etgan Kapadokiyaga kelgan sayyohlar sonida ortish kuzatilgan.
Mintaqadagi muzey va tarixiy maskanlarda o‘tgan 2024 – yili 4 million 374 ming 19 nafar sayyohga quchoq ochganliklarini ifoda etgan Fidan, ulardan 1 million 351 ming 763 nafari mintaqadagi 856 ta ta’sisda dam olganini ma’lum qildi.
Ali Fidan so‘zlari yakunida mintaqaga eng ko‘p Ispaniya, Xitoy, Janubiy Koreya, Italiya va Amerika Qo‘shma Shtatlaridan sayyohlar kelganini o‘z so‘ziga ilova etdi.