Ispaniya turizmi 2024 - yilni rekord bilan yakunladi
Ispaniya turizmi 2024 - yilni sayyohlar soni borasida rekord bilan yakunladi.

Uzoq vaqtdan beri eng ko‘p sayyoh qabul qilgan mamlakatlar uchligidan joy olib kelgan Ispaniya o‘tgan 2024 - yilni rekord bilan yakunladi.
Sanoat va turizm vaziri Jordi Hereu, 2024 - yili qayd etilgan sayyohlar soni 2023 - yilga nisbatan qariyb 10 foizga ortib, 94 million nafarni tashkil etganini ma’lum qildi.
Ispaniyaga borgan sayyohlarning umumiy xarajatlari 2024 - yili 2023 - yilga nisbatan 16 foizga oshib, 126 milliard yevroga yetganini ifoda etgan Hereu: «Ispaniya turizmi 2025 - yili ham o‘sishni davom etadi. Shu doirada 2025 - yilning birinchi choragida 2024 – yilning xuddi shu davriga nisbatan 9 foiz, sayyohlar xarajatlarida esa 16 foizlik ortish kutilmoqda», - dedi.
Ispaniyaga eng ko‘p britaniyalik sayyohlar borar ekan ularni fransuzlar, nemislar, italyanlar, niderlandiyaliklar bilan amerikaliklar kuzatdi.