Turkiya 37 mlrd 212 mln dollarlik tashqi savdo ko’rsatgichiga erishdi

2024 yilda avtomobil sanoati eksporti o'tgan yilga nisbatan 6,3 foizga o'sgan holda 37 milliard 212 million dollarni tashkil etdi.

2227370
Turkiya 37 mlrd 212 mln dollarlik tashqi savdo ko’rsatgichiga erishdi

 

Turkiya eksportining yetakchi sektori bo‘lgan avtomobil sanoati 2024-yilda 37 milliard 212 million dollarlik tashqi savdo ko’rsatgichiga erishdi.

2024 yilda avtomobil sanoati eksporti o'tgan yilga nisbatan 6,3 foizga o'sgan holda 37 milliard 212 million dollarni tashkil etdi.

Avtomobil sanoatining Turkiya eksportidagi ulushi 17,3 foizni tashkil etdi. Turkiya eksportida birinchi o'rinni saqlab qolgan sektor, so'nggi 19 yil ichida 18-marta eksport chempioni bo'lishga muvaffaq bo'ldi.

O'tgan yili eng katta avtomobil bozori bo'lgan Germaniyaga 4 milliard 856 million dollarlik eksport amalga oshirildi. 2024 yilda ikkinchi yirik bozor Buyuk Britaniyaga eksport 25 foizga, Italiyaga 9,5 foizga, Sloveniyaga 33 foizga, AQShga 19 foizga va Ruminiyaga 33,5 foizga o'sgan.

2024 yilda 68,2 foiz ulush bilan sektordagi eng katta davlatlar guruhi bo'lgan Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga 25,3 milliard dollarlik avtomobil eksporti amalga oshirildi.

O‘tgan yili Yevropaning boshqa mamlakatlariga eksport hajmi 25 foizga, Shimoliy Amerika erkin savdo hududiga 17 foizga va Okeaniya davlatlariga 55 foizga o‘sgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya

Aloqador xabarlar