Turk poʻlat sanoati eksporti bozorlarida kuchli tiklanish qayd etdi
Turk poʻlat sanoati 2024 - yili eksport bozorlarida 2023 - yilga nisbatan kuchli tiklanish qayd etdi.
Turkiya 2024 – yilning noyabr oyida 3 million tonna xom poʻlat ishlab chiqardi. Bu orqali 2023 – yilning noyabr oyiga nisbatan 0.7 foizga oʻsish qayd etilganini aytish mumkin.
Oʻtgan 2024 - yilning yanvar oyidan noyabr oyiga qadar boʻlgan 1 yillik vaqt mobaynida esa Turkiya 33.9 million tonna xom poʻlat ishlab chiqarar ekan, bu orqali, 2023 – yilning xuddi shu jarayoniga nisbatan 11.2 foiz oʻsish qayd etdi.
Yana 2024 – yilning noyabr oyida 967.3 tonna poʻlat mahsulotlari eksport qilinar ekan, bu borada, 2023 – yilning xuddi shu oyiga nisbatan 13.6 foizlik oʻsish qayd etdi va undan 709 million dollarlik daromad oldi. Xuddi shu jarayon va sohadagi oʻsish esa 15.4 foiz ekani aniqlandi.
Oʻtgan 2024 – yilning yanvar oyidan noyabr oyiga qadar boʻlgan davr mobaynida esa 12.1 million tonna poʻlat mahsulotlari eksport qilinar ekan, bu borada, 2023 – yilning xuddi shu jarayoniga nisbatan 29.1 foizlik oʻsish qayd etildi. Undan 8.9 milliard dollar daromad olinar ekan, xuddi shu jarayon va sohadagi oʻsish esa 15.3 foiz ekani aniqlandi.
Shunday ekan, turk poʻlat sanoati 2024 - yili eksport bozorlarida kuchli tiklanish qayd etdi desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Aloqador xabarlar
Turkiya jahon mebel eksportida yettinchi oʻrinda
xalqaro mebel koʻrgazmasi Turkiyaning yirik shahri Istanbulda oʻz ishini boshladi.