Rossiyaning Yevropaga tabiiy gaz yetkazib berish faoliyati to‘xtadi
Rossiyaning Yevropaga tabiiy gaz yetkazib berish faoliyati kechadan e'tiboran to‘xtadi.
2226232

Rossiya bilan Ukraina o‘rtasida Yevropaga tabiiy gaz yetkazib berish borasidagi kelishuv muddati tugadi.
Shu bois Rossiya gazining Ukraina orqali Yevropaga oqimi kecha boshlab to‘xtatildi.
Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi, Ukraina orqali Yevropaga tabiiy gaz yetkazib berish faoliyati to‘xtatilganini ma’lum qildi.
Tabiiy gaz narxi ham ko‘tarilayotgan Yevropada yangi energiya inqirozi yuzaga kelishi mumkinligi aytilmoqda. Yevropa davlatlari yangi ta’minot yo‘llarini qidirmoqda.
Shu o‘rinda Turkiya yagona yo‘l sifatida qaralmoqda.