Turkiya findiq eksportidan 2,3 milliard dollardan ortiq daromad oldi
Qoradengiz findiq va mahsulotlari eksportchilari uyushmasidan (KFMİB) olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning 1-yanvaridan 30-noyabrgacha 289 ming 39 tonna findiq eksport qilindi.
![Turkiya findiq eksportidan 2,3 milliard dollardan ortiq daromad oldi](http://cdn.trt.net.tr/images/xlarge/rectangle/32fa/4c09/20c2/675973f79ca97.jpg?time=1737085286)
Turkiya joriy yilning 11 oyida findiq eksportidan 2,3 milliard dollardan ortiq daromad keltirdi.
Qoradengiz findiq va mahsulotlari eksportchilari uyushmasidan (KFMİB) olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning 1-yanvaridan 30-noyabrgacha 289 ming 39 tonna findiq eksport qilindi.
Eksport evaziga 2 milliard 349 million 239 ming 446 dollar daromad olindi.
O‘tgan yilning shu davrida 251 ming 163 tonna eksport qilinib, 1 milliard 621 million 988 ming 536 dollar daromad olingan.
Turkiyaning 2024-yildagi findiq eksporti o'tgan yilga nisbatan tonajda 37 ming 876 tonna, daromad bo'yicha esa 721 million 250 ming 910 dollarga oshdi.
Aloqador xabarlar
![Ispaniya turizmi 2024 - yilni rekord bilan yakunladi](http://cdn.trt.net.tr/images/medium/rectangle/1ddc/d5b9/cb7a/6788b2729eb85.jpg?time=1737085286)
Ispaniya turizmi 2024 - yilni rekord bilan yakunladi
Ispaniya turizmi 2024 - yilni sayyohlar soni borasida rekord bilan yakunladi.