Turkiyaning Qoradengiz mintaqasida eksport 24 foizga oshdi
Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida Trabzon, Rize, Artvin va Gumushhanedan olingan eksport daromadi 1 milliard 554 million 612 ming 362 dollarga yetdi.
Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida Trabzon, Rize, Artvin va Gumushhanedan olingan eksport daromadi 1 milliard 554 million 612 ming 362 dollarga yetdi.
Sharqiy Qoradengiz eksportchilar uyushmasi boshqaruv kengashi raisi o'rinbosari Ahmet Hamdi Gurdo'g'an yozma bayonotida mintaqadan eksport 11 oyda 24 foizga oshganini bildirdi.
Bu davrda eng koʻp eksport qilingan tarmoqlar 723 million 415 ming 736 dollar bilan findiq, 238 million 615 ming 817 dollar bilan suv mahsulotlari yetishtirish va chorvachilik mahsulotlari, 179 million 375 ming 999 dollar bilan maʼdan va metallar, yangi meva va sabzavotlar 162 million 404 ming 103 dollar, kimyoviy moddalar va mahsulotlar 37 million 861 ming 778 dollarni tashkil qildi.
Gurdo'g'an, bu davrda mintaqadan 146 davlatga eksport amalga oshirilganini bildirdi. Uning ta'kidlashicha, mintaqadan eng ko'p eksport qilgan 5 davlat Rossiya Federatsiyasi, Italiya, Germaniya, Gruziya va Xitoy bo'ldi.
Aloqador xabarlar
Oʻtgan yili Turkiyaning gilam eksportida ortish kuzatildi
Turkiyaning gilam eksporti oʻtgan 2024 – yili 2023 – yilga nisbatan 4,2 foizga ortdi.
Turkiya xandon pista eksportidan 229 million 777 ming dollar daromad oldi
Turkiya 2024 - yilgi xandon pista eksportidan roppa - rosa 229 million 777 ming dollar daromad oldi