Turkiyaning poyabzal eksportida o‘sish qayd etildi
Dunyoning oltinchi yirik ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan Turk poyabzal sanoati, 2030 - yili 6.8 milliard dollarlik savdo hajmiga erishishni rejalashtirmoqda.
Turkiya joriy yilning 6 oyida 588.7 million dollarlik poyabzal eksport qildi.
Nomi tilga olingan davrda Turkiya eng ko‘p Saudiya Arabistoniga 76.8 million dollarlik poyabzal sotdi.
Saudiya Arabistoni ortidan Iroqqa 48.3 million, Germaniyaga 39.2 million, Rossiyaga 26.3 million va Italiyaga 23.6 million dollarlik poyabzal yubordi.
Turkiya o‘tgan yili 1.2 milliard dollarlik poyabzal eksport qildi.
Qayd etilgan davrda eng ko‘p Rossiyaga poyabzal sotildi va undan 139.1 million dollar daromad olindi.
Rossiyadan keyin ro‘yhatdan navbat bilan Germaniya (921 million dollar), Iroq (74 million dollar), Italiya (46.8 million dollar) va Buyuk Britaniya (40.5 million dollar) o‘rin oldi.
Dunyoning oltinchi yirik ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan Turk poyabzal sanoati, 2030 - yili 6.8 milliard dollarlik savdo hajmiga erishishni rejalashtirmoqda.
Aloqador xabarlar
Antaliya 11 million 731 ming 937 nafar sayyohga mezbonlik qildi
Antaliya, oxirgi 8 oy ichida 11 million 731 ming 937 nafar sayyohga mezbonlik qildi.
Mehmet Shimshek Anqarada Gilles Roth bilan uchrashdi
Roth, Shimshekning taklifi bilan Turkiyaga tashrif uyushtirdi.