Sohil xavfsizlik qo‘mondonligi 252 kishining hayotini saqlab qoldi
Sohil xavfsizlik qo‘mondonligi o‘tgan bir oy ichida 252 kishining hayotini saqlab qoldi.
2170663
Sohil xavfsizlik qo‘mondonligi xodimlari o‘tgan bir oy ichida 252 kishining hayotini saqlab qoldi.
Qo‘mondonlik tomonidan mavzu haqida ijtimoiy tarmoq hisobi orqali bayonot berildi.
Ushbu bayonotga ko‘ra, 1 - iyuldan 31 - iyulga qadar bo‘lgan vaqt mobaynida mamlakat bo‘ylab 11 ming 557 dengiz kemasi nazorat qilindi.
Natijada, 3 ming 282 nafar noqonuniy muhojir va ular yonidagi 1191 nafar yosh bola qutqarildi.
Xuddi shu sanalarda 252 kishining hayoti saqlab qolinar ekan, 46 nafar bemor va yarador evakuatsiya qilindi.