Turkiyada ishsizlik 11,5 yil ichida eng quyi darajaga pasaydi

Mamlakatda ishsizlar soni may oyida oldingi oyga nisbatan 27 ming kishiga kamayib, 3 million 11 ming kishini tashkil qildi.

2161473
Turkiyada ishsizlik 11,5 yil ichida eng quyi darajaga pasaydi

 

Turkiyada ishsizlik 11,5 yil ichida eng past darajaga yetdi.

Turkiya Statistika tashkiloti (TUIK) may oyi ish kuchi statistikasini e'lon qildi.

Mamlakatda ishsizlar soni may oyida oldingi oyga nisbatan 27 ming kishiga kamayib, 3 million 11 ming kishiga tushdi.

Shunday qilib, ishsizlik darajasi 0,1 punktga kamaydi va 8,4 foizni tashkil etdi va bir xonali chiziqni ketma-ket 12 oyga olib keldi. May oyida bandlik darajasi o'sib, tarixiy cho'qqi bo'lmish 50 foizga yetdi.

Ishchi kuchi ishtiroki darajasi ham 54,5 foizni tashkil etib, tarixdagi eng yuqori ko'rsatkichni qayd etdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya

Aloqador xabarlar