Istanbul aeroporti yangi rekord o'rnatdi

Gigant aeroport yakshanba kuni 268 ming 275 yo'lovchiga xizmat ko'rsatdi. Shunday qilib, aeroport ochilgan kundan buyon (2018-yil 29-oktabr) yo‘lovchilar soni bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi.

2157870
Istanbul aeroporti yangi rekord o'rnatdi

 

Dunyoning eng yaxshi aeroportlaridan biri bo'lgan Istanbul aeroporti yangi rekord o'rnatdi.

Gigant aeroport yakshanba kuni 268 ming 275 yo'lovchiga xizmat ko'rsatdi. Shunday qilib, aeroport ochilgan kundan buyon (2018-yil 29-oktabr) yo‘lovchilar soni bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi.

30 iyun kuni Istanbul aeroportidan 1592 ta samolyot foydalandi. Samolyotlarning 1214 tasi xalqaro, 378 tasi esa ichki reyslarni amalga oshirgan.

205 ming 721 yoʻlovchi xalqaro yoʻnalishlarda, 62 ming 554 nafar yoʻlovchi esa ichki yoʻnalishlarda sayohat qildi.

Transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir Uraog'lu, Istanbul aeroportining har kuni yangi rekord o'rnatishi uning dunyoda qanchalik muhim brend ekanligini ko'rsatganiga urg'u berdi.

Vazir Urao’g'lu,

"Biz havo yo'llari sanoatida dunyodagi eng muhim transfer markazi bo'lgan Istanbul aeroportimizning davom etayotgan muvaffaqiyatidan faxrlanamiz." Deya qayd etdi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar