Bodrumga kruiz kemasi orqali 2 ming 513 nafar sayyoh keldi

Turkiyaning Mug‘la viloyati Bodrum tumaniga kruiz kemasi orqali 2 ming 513 nafar sayyoh keldi.

2033679
Bodrumga kruiz kemasi orqali 2 ming 513 nafar sayyoh keldi

Mug‘laning Bodrum tumaniga Bagama orollari bayrog‘i ilingan “Norwegian Jade” kruiz kemasi bilan 2 ming 513 nafar sayyoh keldi.

Rodos porti ortidan Bodrumga yo‘l olgan va uzunligi 294 metr bo‘lgan “Norwegian Jade” deb nomlangan yirik kruiz kemasi, Bodrumdagi Cruise portiga langar tashladi.

Kemada ko‘pchiligi amerikalik va britaniyalik bo‘lgan 2 ming 513 yo‘lovchi bilan 1029 nafar xodim borligi ma’lum bo‘ldi.

Ayni paytda portga, uzunligi 110 metr bo‘lgan hashamatli “Emerald Azurra” yaxtasi ham langar tashladi.


Tanlangan kalimalar: #Bodrum , #kruiz kemasi , #Norwegian Jade

Aloqador xabarlar