Turkiya 5 oyda 6 ming 804 tonna turk lososi eksport qildi

Turkiyadan dunyoning 15 davlatiga 6 ming 804 tonna, 46,3 million dollarlik turk lososi eksport qilindi.

2003178
Turkiya 5 oyda 6 ming 804 tonna turk lososi eksport qildi

Sharqiy Qoradengiz mintaqasidan joriy yilning yanvar oyidan boshlab may oyigacha bo‘lgan davr mobaynida, dunyoning 15 davlatiga 46,3 million dollarlik turk lososlari eksport qilindi.

Sharqiy Qoradengiz eksportchilar ittifoqi Boshqaruv kengashi a’zosi va Baliqchilik tarmog‘i qo‘mitasi raisi Ismail Kobya, Sharqiy Qoradengiz mintaqasidan yilning 5 oyida 6 ming 804 tonna turk lososi eksport qilinganini qayd etdi.

Nomi tilga olingan eksportdan 46 million 312 ming 374 dollar daromad olinganiga e’tibor qaratgan Kobya, turk lososi eksporti bu yil, o‘tgan yilning huddi shu davriga nisbatan miqdoriy jihatdan 199 foizga, qiymat bo‘yicha esa 187 foizga ortganini ifoda etdi.

Kobya, Sharqiy Qoradengiz mintaqasidan bu davrda dunyoning 15 davlatiga losos balig‘i sotilganini ma’lum qilib:

“Ushbu jarayonda Rossiya Federatsiyasi, Vetnam va Belarus eng koʻp eksport amalga oshirilgan ilk uch davlat qatoridan o‘rin oldi. Mintaqamizdan Rossiya Federatsiyasiga bu yil 39 million 752 ming 496 dollar, Vetnamga 2 million 952 ming 529 dollar va Belarusga 2 million 525 ming 983 dollarlik turk lososi sotildi”.-dedi.

Turk lososi eksportida mamlakatlarning xilma-xilligiga ham e’tibor qaratgan Kobya, o‘tgan yilning shu davridan farqli ravishda Myanma, Indoneziya, Malayziya, Germaniya, Janubiy Koreya, Qatar va Isroilga ham eksport qilinganini o‘z so‘ziga ilova etdi.



Aloqador xabarlar