Turkiyada may oyida inflatsiya 2021 yildan beri eng past darajaga tushdi

Yillik inflatsiya deyarli 40 foizni tashkil etdi. Yil davomida mehmonxonalar, kafelar va restoranlar eng ko‘p – qariyb 70 foizga, eng kami esa kiyim-kechak va poyabzal qimmatlashgan.

1995816
Turkiyada may oyida inflatsiya 2021 yildan beri eng past darajaga tushdi

 

Turkiyada may oyida inflatsiya 2022 yilning shu oyiga nisbatan 39,59 foizni tashkil etdi.

Bu haqda Turkiya statistika instituti Turkstat ma’lum qildi.

Xalqaro nashrlarning qayd etishicha, mamlakatda narxlar o‘sishi 2021 yil dekabridan beri eng yuqori darajaga ko’tarildi. 2023 yilning apreliga nisbatan narxlar atigi 0,04 foizga, 2022 yil dekabriga nisbatan 15,26 foizga oshgan.

Turistlar uchun asosiy ko‘rsatkichlardan biri bo‘lgan mehmonxona, kafe va restoranlar yil davomida Turkiyada 68,98 foizga o‘sdi. Oziq-ovqat va ichimliklar 52,52 foizga qimmatlashdi. Yillik hisobda kiyim-kechak va poyabzal eng kam qimmatlagan bo’lib, u 19,49 foizni tashkil etdi. 

2023 yil aprel oyida yillik inflatsiya 43,7 foizni tashkil etdi. May oyidagi pasayish, boshqa narsalar qatori, aprel va may oylari orasida uy-joy narxining qariyb 14 foizga kamayishi bilan bog‘liq. Turkstat o‘zining so‘nggi hisob-kitoblarida ushbu davrda gazning nol qiymatini hisobga oldi.

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an saylov oldidan Turkiya aprel oyida o‘z konidan gaz yetkazib bera boshlaganidan so‘ng, bir yil davomida uy xo‘jaliklariga har oy 25 kubometrgacha gazni tekinga yetkazib berishni va’da qilgan edi. 

Narxlar oshishiga qaramay, asosiy stavkani pasaytirish va biznes uchun kreditlarni qulayroq qilishni talab qilgan Erdo‘g‘an siyosati tufayli Turkiyada inflatsiya tezlashdi. Erdo‘g‘an saylovda g‘alaba qozongach, Merrill Lynch kompaniyasida ishlagan Mehmet Shimshekni moliya vaziri etib tayinladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya

Aloqador xabarlar