Turkiya 20 davlatga hamsi balig‘i eksport qildi
Turkiya bu yil dunyoning 20 davlatiga hamsi balig‘i eksport qildi va undan 4 millionga yaqin daromad olindi.

Bu yilning yanvar oyidan aprel oyigacha bo‘lgan davr mobaynida Turkiyadan dunyoning 20 davlatiga 3 million 880 ming 628 dollarlik hamsi balig‘i eksport qilindi.
Sharqiy Qora dengiz eksportchilar ittifoqi boshqaruv kengashi raisi o‘rinbosari Ahmet Hamdi Gurdo‘g‘an, yilning birinchi 4 oyida mamlakatdan 656 tonna hamsi balig‘i eksport qilinganini ma’lum qildi.
Mazkur eksportdan 3 million 880 ming 628 dollar daromad olinganini ifoda etgan Gurdo‘g‘an, hamsi xarid qilib olgan dunyoning 20 davlati orasida Fransiyaning birinchi o‘rinda ekaniga e’tibor qaratib, so‘zlari davomida:
“Bu davrda yurtimizdan Fransiyaga 1 million 475 ming 294 dollarlik, Belgiyaga 968 ming 258 dollarlik va Amerika Qo‘shma Shtatlariga esa 413 ming 635 dollarlik hamsi balig‘i eksport qilindi”. - dedi.