Istanbul aeroporti Yevropadagi eng band aeroport deb topildi

Istanbul aeroporti Yevropadagi eng band aeroportlar orasida bir kunda oʻrtacha 1446 ta qatnov orqali birinchi oʻrinni egalladi.

1983528
Istanbul aeroporti Yevropadagi eng band aeroport deb topildi

Istanbul aeroporti 26-apreldan 2-maygacha Yevropadagi eng band aeroportlar orasida bir kunda oʻrtacha 1446 ta qatnov orqali birinchi oʻrinni egalladi.

Yevropa aeronavigatsiyasi xavfsizligini ta’minlash tashkiloti (EUROCONTROL), 26-apreldan 2-maygacha boʻlgan Havo harakati amaliyotlari hisobotini eʼlon qildi.

Shunga koʻra IGA tomonidan boshqarilgan Istanbul aeroporti, nomi tilga olingan davrda Yevropadagi eng band aeroportlar orasida bir kunda oʻrtacha 1446 qatnov yoʻlga qoʻyish orqali birinchi boʻldi.

Istanbul aeroportidan keyin 1314 qatnovi orqali Amsterdam ikkinchi, 1272 qatnovi orqali London Heathrow uchinchi, 1245 qatnovi orqali Parij-Charles de Gaulle toʻrtinchi va 1194 qatnov orqali Frankfurt beshinchi oʻrinda qayd etildi.


Tanlangan kalimalar: #Istanbul , #Istanbul aeroporti , #EUROCONTROL

Aloqador xabarlar