Mersinda bugun tarixiy bir kundir

Turkiyaning Mersin viloyatida bugun tarixiy bir kundir.

1980147
Mersinda bugun tarixiy bir kundir

Turkiyaning Mersin viloyatidagi «Akkuyu» atom elektr stansiyasi uchun bugun tarixiy bir kundir.

Energiya ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan “yangi yadro yoqilgʻisi” inshootga olib kelinadi.  Bu orqali Turkiyaning jami elektr ehtiyojining 10 foizini qondiradigan stansiya, yoqilgʻi yuklanishi orqali rasmiy ravishda yadroviy ta’sis maqomiga ega boʻladi.

Ortidan, ishlab chiqarish uchun sinov bosqichiga oʻtiladi.

Stansiya, to‘liq quvvat ishga tushirilganda yiliga taxminan 35 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini qoʻlga kiritadi.

Stansiyaning milliy iqtisodiyotga qoʻshadigan hissasi esa, 50 milliard dollarni tashkil etadi.

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan va Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin, «Akkuyu» atom elektr stansiyasining ochilish marosimida videokonferensiya orqali ishtirok etadi.

Turkiya bilan Rossiya oʻrtasida 2010-yilning 12-mayi kuni imzolangan kelishuv doirasida, qurilish ishlari Mersinda davom etgan «Akkuyu» atom elektr stansiyasining birinchi bosqichining poydevori 2018-yilning 3-aprelida qoʻyilgandi.

 



Aloqador xabarlar