Fatih Do‘nmez: Filyosda Qora dengiz gazini quriqlikka olib chiqamiz

Do‘nmez kecha Iskenderun portida bergan bayonotida, tamomlanay deb qolgan yirik loyihalarning ochilishi bilan bog‘liq tayyorgarlik ko‘rilayotganini bildirdi.

1968554
Fatih Do‘nmez: Filyosda Qora dengiz gazini quriqlikka olib chiqamiz

Energetika va tabiiy manbalar vaziri Fatih Do‘nmez:

“Umid qilamizki, Ramazonning oxirgi kunida Filyosda Qora dengiz gazini quriqlikka olib chiqamiz. Bunga tayyorgarlik ko‘ryapmiz”. - dedi.

Do‘nmez kecha Iskenderun portida bergan bayonotida, tamomlanay deb qolgan yirik loyihalarning ochilishi bilan bog‘liq tayyorgarlik ko‘rilayotganini bildirib,

“Umid qilamanki, Ramazonning so‘nggi kunida Filyosda Qora dengiz gazini quriqlikka olib chiqamiz. Bunga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Shuningdek, 27-aprel kuni yangi yadroviy yoqilg‘ini Mersindagi Akkuyu atom elektr stansiyasiga olib kelamiz. Bu orqali u yer yadroviy ta’sisga aylanadi. Bu bilan bog‘liq tayyorgarligimizni ko‘ryapmiz.

Saros uchun FSRU kemasi aslida keldi. Ammo yer silkinishi va boshqa kun tartibining tig‘izligi tufayli ochilishni amalga oshira olmadik. Shuningdek, Yevropaning eng yirik quyosh elektr stansiyasi loyihasini ham yakunladik. Umid qilamanki, eng qisqa vaqt ichida Qoniyaning Karapinar tumanida ochamiz”. – deya gapirdi.



Aloqador xabarlar