AQSh markaziy banki foiz stavkasini oshirdi

Amerika Qo'shma Shtatlari Markaziy banki siyosat stavkasini 25 bazaviy punktga oshirib, 4,75-5 foiz oralig'iga olib keldi, bu 16 yildagi eng yuqori darajadir.

1964080

Markaziy bank tomonidan qilingan bayonotda, foiz stavkasini oshirish qarori bir ovozdan qabul qilinganligi bildirildi.

Federal ochiq bozor qo'mitasining (FOMC) uzoq muddatda maksimal bandlik va 2 foiz inflyatsiyaga erishishni maqsad qilgani ta'kidlangan holda, bu maqsadlarni qo'llab-quvvatlash uchun federal mablag'lar stavkasini 4,75-5 foiz oralig'iga oshirishga qaror qilingani ma'lum qilindi.

Shunday qilib, Markaziy bank siyosat stavkasini 2007 yildan beri eng yuqori diapazonga ko'tardi.

Bankning inflyatsiya prognozlari joriy yilda 3,1 foizdan 3,3 foizga oshirildi, shu bilan birga 2024 yil uchun 2,5 foiz va 2025 yil uchun 2,1 foizni saqlab qoldi.

Tanlangan kalimalar: #AQSh

Aloqador xabarlar