Turkiyaning Togg elektromobili narxi e'lon qilindi

Narxi 953 ming liraga baholangan Togg uchun oldindan buyurtma berish huquqini qo'lga kiritadiganlar qur'a tashlash yo'li bilan aniqlanadi.

1960868
Turkiyaning Togg elektromobili narxi e'lon qilindi

 

Turkiyaning Togg elektromobili narxi aniqlandi.

Mashina uchun oldindan buyurtma berish va yetkazib berish uchun qura tashlash bugun boshlanadi.

Narxi 953 ming liraga baholangan Togg uchun oldindan buyurtma berish huquqini qo'lga kiritadiganlar qur'a tashlash yo'li bilan aniqlanadi.

Qura uchun arizalar Togg veb-saytida va Trumore ilovasida amalga oshirilishi mumkin.

27-martgacha 60 ming lira toʻlov bilan ariza qabul qilinadi. 28-mart kuni oldindan buyurtma egalarini aniqlash maqsadida notarius ishtirokida tiraj o‘tkaziladi.

Qura tashlash jarayonida yetkazib berishning ustuvorligi ham aniq bo'ladi.

Avtomobillar shu oy oxiridan boshlab o’z egalariga topshirila boshlaydi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Togg

Aloqador xabarlar