Turkiya Saudiya Arabistoniga eksportni 30 barobarga oshirdi

Turkiyaning Saudiya Arabistoniga eksporti yanvar-fevral davrida o'tgan yilning shu davriga nisbatan 32 barobar ortib, 11 million 209 ming dollardan 367 million 363 ming dollarga yetdi.

1957293
Turkiya Saudiya Arabistoniga eksportni 30 barobarga oshirdi

 

Turkiyaning Saudiya Arabistoniga amalga oshirgan eksporti yanvar-fevral davrida 30 barobardan oshdi.

Eksportda qat'iylik bilan o'z yo'lida davom etgan Turkiya, Saudiya Arabistoniga eksport qilishda ham katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda.

Ikki davlat o‘rtasidagi savdo aloqalarini qayta tiklash, eksport hajmini oshirish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tezda o‘z samarasini bermoqda.

Turkiyaning Saudiya Arabistoniga eksporti yanvar-fevral davrida o'tgan yilning shu davriga nisbatan 32 barobar ortib, 11 million 209 ming dollardan 367 million 363 ming dollarga yetdi.

Bu davrda Saudiya Arabistoni Turkiya eng ko'p tashqi savdo qilgan 22-davlat sifatida qayd etildi.

Joriy yilning ikkinchi oyida Turkiya eng koʻp eksport qilgan birinchi davlat 3 milliard 105 million dollar bilan Germaniya bo'ldi.

AQSHga 1 milliard 896 million dollar, Italiyaga 1 milliard 775 million dollar, Buyuk Britaniyaga 1 milliard 697 million dollar va Rossiyaga 1 milliard 572 million dollarlik eksport amalga oshirildi.

Bu davrda Turkiya tashqi savdo qiymatini eng ko'p oshirgan ikki davlat 762 million 167 ming dollar bilan Rossiya va 356 million 153 ming dollar bilan Saudiya Arabistoni bo'ldi.

Bu mamlakatlardan keyin 208 million 441 ming dollar bilan Fransiya, 123 million 773 ming dollar bilan Shveytsariya va 105 million 4 ming dollar bilan Qozog‘iston joy oldi.


Tanlangan kalimalar: #Saudiya Arabistoni , #Turkiya

Aloqador xabarlar