Gazprom: Sohranovka orqali gaz yetkazib berish talabi Ukraina tomonidan rad etildi

Gazprom tomonidan Rossiya matbuotiga berilgan bayonotda, Sohranivka tarqatish punktidan gaz yetkazib berish talabi Ukraina tomonidan rad etilgani bildirildi.

1940618
Gazprom: Sohranovka orqali gaz yetkazib berish talabi Ukraina tomonidan rad etildi

Rossiyaning energiya shirkati Gazprom, Ukraina orqali Yevropaga yetkazib beriluvchi tabiiy gaz miqdorini bugun, kechagiga nisbatan 20 foizga orttirib, 29,4 million kub metrga chiqishini ma’lum qildi.

Gazprom tomonidan Rossiya matbuotiga berilgan bayonotda, Sohranovka tarqatish punktidan gaz yetkazib berish talabi Ukraina tomonidan rad etilgani bildirildi.

Mazkur faoliyatning boshqa punktdan davom etishi ma’lum qilingan bayonotda, bugungi kunda ushbu nuqtadan joʻnatish miqdori 29,4 million kub metr darajasida boʻlishi qayd etildi.

Kecha Ukraina orqali Yevropaga 24,5 million kub metr tabiiy gaz joʻnatgan Gazpromning yetkazib berish miqdori, shunday qilib 31-yanvarga nisbatan 20 foizga oshadi.

Ukraina, 2022-yilning may oyida Yevropaga ketgan Rossiya tabiiy gazining uchdan bir qismi o‘tadigan Sohranovka tarqatish punktidagi faoliyatini yakunladi.

Gazprom shirkatining “Shimoliy oqim” quvur liniyalari bilan Yamal-Yevropa orqali G‘arbiy va Markaziy Yevropaga tabiiy gaz yetkazib berish ishlari ham to‘xtagandi.

Chunki, shirkatning nomi tilga olingan hududlarga gaz yetkazib berish faoliyati, faqatgina Ukraina orqali davom etadi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Sohranovka , #Gazprom , #tabiiy gaz

Aloqador xabarlar