Turkiya o‘tgan yili dunyoning 160 davlatiga makaron eksport qildi

Aykut Go‘ymen, Turkiya makaron ishlab chiqarishda dunyoda uchinchi, eksportda esa ikkinchi o‘rinda ekanini qayd etdi.

1939174
Turkiya o‘tgan yili dunyoning 160 davlatiga makaron eksport qildi

Turkiya o‘tgan 2022 - yili dunyoning 160 davlatiga 967 million 68 ming dollarlik makaron eksporti qildi.

Turkiya makaron ishlab chiqaruvchilar uyushmasi rahbari Aykut Go‘ymen, Turkiya makaron ishlab chiqarishda dunyoda uchinchi, eksportda esa ikkinchi o‘rinda ekanini qayd etdi.

Turk makaroniga bo‘lgan talabning doimiy ortib borayotganiga e’tibor qaratgan Go‘ymen:

“Dunyo turk makaronining sifati va lazzatidan boxabar. Yurtimiz o‘tgan yili dunyoning 160 davlatiga makaron yubordi. Eng yirik eksport esa Venesuela, Somali va Beninga yo‘lga qo‘yildi”. - dedi.



Aloqador xabarlar