Turkiyaning tayyor kiyim-kechak sanoatida 4,8 foiz o'sish kuzatildi

Turkiyaning tayyor kiyim-kechak sanoati 2022-yilda 21 milliard 205 million dollarlik eksport bilan barcha davrlarning eng yuqori yillik ko’rsatgichiga erishdi.

1932305

Turkiya Eksportchilar Assambleyasi (TIM) ma'lumotlariga ko'ra, Turkiya eksporti 2022 yilning yanvar-dekabr oylarida 2021 yilning shu davriga nisbatan 12,9 foizga o'sib, 254,2 milliard dollarga yetdi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida tayyor kiyim-kechak va tikuvchilik sanoati tomonidan o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,8 foizga o‘sish bilan 21 milliard 205 million dollarlik eksport amalga oshirildi. Shunday qilib, sektor barcha davrlarning eng yuqori yillik eksportiga erishgan bo’ldi.

2022 yilning yanvar-dekabr oylarida tayyor kiyim-kechak va tikuvchilik sanoati Germaniyaga 3,6 milliard dollar, Ispaniyaga 2,6 milliard dollar va Buyuk Britaniyaga 2 milliard dollarlik eksport amalga oshirdi.

Tanlangan kalimalar: #eksport , #Turkiya

Aloqador xabarlar