Mush: “Eksport rekordlarini yangilab, tarix sahifalaridan o‘rin olishni davom etamiz!”

Mehmet Mush, Türkiye eksportida birin-ketin yangilangan rekordlarning jahon bozorida noaniqlik va turg‘unlik hukm surgan bir paytda erishilganligini ta’kidladi.

1926724
Mush: “Eksport rekordlarini yangilab, tarix sahifalaridan o‘rin olishni davom etamiz!”

Savdo vaziri Mehmet Mushning qayd etishicha, Türkiya eksport tarmog‘ida rekordlarni yangilab, tarix sahifalaridan o‘rin olishni davom etmoqda.

Mehmet Mush 2022-yil tashqi savdo raqamlari e’lon qilingan Istanbuldagi yig‘ilishda so‘zlagan nutqida, Türkiye eksportida birin-ketin yangilangan rekordlarning jahon bozorida noaniqlik va turg‘unlik hukm surgan bir paytda erishilganligini ta’kidladi. Mamlakat sifatida belgilangan maqsadlardan o‘zish, har kuni yangi rekord o‘rnatish baxsh etgan xursandchilikni boshdan kechirayotganliklarini bildirdi.

Savdo vaziri Türkiyening o‘sish bo‘yicha yetakchi davlatlar qatoridan o‘rin olayotganiga e’tibor qaratib, mamlakatning 2022-yil uchun prognoz qilingan 5 foizlik o‘sish va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtachasidan ancha yuqori ko‘rsatkichga erishganini qayd etdi.

Mehmet Mush, Savdo vazirligi sifatida eksportni barqaror qilish, Türkiyening jahon savdosidagi ulushini oshirishni barqarorlashtirish va eksportchilarning jahon bozorlarida munosib o‘rinlarini mustahkamlash uchun faoliyatlarini davom ettirganliklarini bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Türkiye eksporti , #rekord , #Mehmet Mush

Aloqador xabarlar