Türkiyening kuniga 100 ming barrel neft ishlab chiqarish rejasi

Fatih Doʻnmez, har kuni ortib borayotgan neft ishlab chiqarish va Türkiye Neft Korporatsiyasi faoliyatini baholadi.

1926261
Türkiyening kuniga 100 ming barrel neft ishlab chiqarish rejasi

Energetika va tabiiy manbalar vaziri Fatih Doʻnmez Türkiyening kuniga 100 ming barrel neft ishlab chiqarish rejasi yaqinlashayotganini bildirdi.

Fatih Doʻnmez Twitterdagi sahifasi orqali, har kuni ortib borayotgan neft ishlab chiqarish va Türkiye Neft Korporatsiyasi faoliyatini baholadi.

Fatih Doʻnmez mavzu haqida, Türkiyening kuniga 100 ming barrel neft ishlab chiqarish maqsadi yaqinlashayotganini qayd etdi.

Türkiye Neft Korporatsiyasining Twitterdagi hisobida boʻlishilgan ma’lumotda:

“Türkiyeda eng koʻp neft ishlab chiqargan soha endi Shirnakda. Shahid Esma Chevik-7 qudugʻi 1613 barrel qoʻshimcha ishlab chiqarish bilan bir kunda jami 7714 barrellik natijaga erishdi. Yilning soʻnggi kuni bir kunda 66 639 barrel neft ishlab chiqarish bilan oxirgi 30 yilning eng yuqori raqamiga yetishdik”. – degan ifodalarga oʻrin berildi.



Aloqador xabarlar