Turkiyaning noyabr oyida eksporti 21 milliard 900 million dollarni tashkil etdi

Turkiya Statistika instituti va Savdo vazirligi bilan hamkorlikda tuzilgan noyabr oyi uchun vaqtinchalik tashqi savdo ma’lumotlari e’lon qilindi.

1925754
Turkiyaning noyabr oyida eksporti 21 milliard 900 million dollarni tashkil etdi

 

Turkiyaning noyabr oyida eksporti 21 milliard 900 million dollarni tashkil etdi.

Turkiya Statistika instituti va Savdo vazirligi bilan hamkorlikda tuzilgan noyabr oyi uchun vaqtinchalik tashqi savdo ma’lumotlari e’lon qilindi.

Shunga ko'ra, Umumiy Savdo Tizimi (GTS) doirasidagi eksport noyabr oyida o'tgan yilning shu oyiga nisbatan 2,1 foiz ortib, 21 milliard 900 million dollarga yetdi.

Yanvar-noyabr davrida eksport o'tgan yilning shu davriga nisbatan 13,9 foiz oshib, 231 milliard 295 million dollarni tashkil etdi.

Noyabr oyida Germaniya 1 milliard 859 million dollarlik eksport bilan birinchi o'rinni egalladi. Bu davlatdan keyin 1 milliard 447 million dollar bilan AQSh, 1 milliard 302 million dollar bilan Iroq, 1 milliard 156 million dollar bilan Rossiya va 1 milliard 78 million dollar bilan Italiya joy oldi. Noyabr oyida birinchi 5 davlatga eksport jami eksportning 31,2 foizini tashkil etdi.

Yanvar-noyabr davrida Germaniya eksport bo'yicha birinchi o'rinni egalladi. Bu davlatga 19 milliard 339 million dollar eksport qilindi. Germaniyadan keyin 15 milliard 502 million dollar bilan AQSh, 12 milliard 602 million dollar bilan Iroq, 11 milliard 946 million dollar bilan Buyuk Britaniya va 11 milliard 306 million dollar bilan Italiya joy oldi. Bu davrda birinchi 5 davlatga eksport jami eksportning 30,6 foizini tashkil etdi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Eksport , #Noybar , #Turkiya

Aloqador xabarlar