Türkiye Afg‘onistonga 1.7 million tonnalik gumanitar yordam yuboradi

Dekabr oyida Türkiye Afg‘onistonga “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJning Termiz logistika markazi orqali 1.7 million tonnalik gumanitar yordam yuboradi.

1921112
Türkiye Afg‘onistonga 1.7 million tonnalik gumanitar yordam yuboradi

Türkiye dekabr oyida Afg‘onistonga “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJning Termiz logistika markazi orqali 1.7 million tonnalik gumanitar yordam yuboradi.

Türkiyedan 62 tonna konteynerga ortilgan yog‘-moy mahsulotlari Gruziyaning Axalkalaki temir yo‘l stansiyasidan vagonlarga yuklanib, Ozarbayjon va Turkmaniston orqali “O‘ztemiryo‘l” AJning Termiz logistika markaziga olib boriladi. Yuklar u yerda konteynerlardan avtomashinalarga yuklanib Afg‘onistonga jo‘natiladi.

Eslatib o‘tamiz bugungacha, O‘zbekistonning Termiz shahrida Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish uchun WFP (World Food Programme) logistika markazi tashkil etilgandi.

Shuningdek, Türkiye Afg‘onistonga noyabr oyida ham 33 konteyner gumanitar yordam yuborgan.



Aloqador xabarlar