Turkiya iqtisodiyoti joriy yilning uchinchi choragida 3,9 foiz o'sdi

Turkiya Statistika tashkiloti joriy yilning uchinchi choragi (iyul-sentyabr) uchun yalpi ichki mahsulot (YaIM) natijalarini e’lon qildi.

1912774
Turkiya iqtisodiyoti joriy yilning uchinchi choragida 3,9 foiz o'sdi

 

Turkiya iqtisodiyoti joriy yilning uchinchi choragida 3,9 foiz o'sdi.

Turkiya Statistika tashkiloti joriy yilning uchinchi choragi (iyul-sentyabr) uchun yalpi ichki mahsulot (YaIM) natijalarini e’lon qildi.

Shunga ko‘ra, yalpi ichki mahsulot 2022 yilning uchinchi choragida o‘tgan yilning shu choragiga nisbatan 3,9 foizga o‘sdi.

Shuningdek, 2022-yilning uchinchi choragida o‘tgan yilga nisbatan moliya va sug‘urta faoliyati 21,6 foiz, axborot va kommunikatsiya sohasi 13,9 foiz, kasbiy, ma’muriy va yordamchi xizmat ko‘rsatish sohasi 12,6 foiz, davlat boshqaruvi, ta’lim, inson salomatligi va ijtimoiy soha 7,6 foiz, xizmat ko‘rsatish sohasi 6,9 foiz, ko'chmas mulk sektori 4,1 foiz, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi 1,1 foiz va sanoat 0,3 foizga o‘sdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya

Aloqador xabarlar