Türkiyening choy eksportida ortish qayd etildi

Yilning yanvar oyidan oktabr oyigacha Türkiyening choy eksportida ortish qayd etildi.

1907648
Türkiyening choy eksportida ortish qayd etildi

Türkiyedan choy eksporti yilning yanvar oyidan oktabr oyigacha boʻlgan davr mobaynida 25 foiz ortib, 18 million 26 ming 999 dollarga yetdi.

Sharqiy Qora dengiz Eksportchilar uyushmasi Boshqaruv kengashi rahbari oʻrinbosari Ahmet Hamdi Gurdoʻgʻan mavzu haqida bergan bayonotida, mamlakatdan 10 oyda dunyoning 110 davlatiga choy sotilganini ma’lum qildi.

Gurdoʻgʻan, 2022 yilning yanvar - oktyabr oylarida 5 ming 246 tonna choy eksport qilinganini va undan roppa-rosa 18 million 26 ming 999 dollar daromad olinganini qayd etdi.

Oʻtgan yilning huddi shu davrida 3 ming 882 tonna choy eksportidan 14 million 424 ming 720 dollar daromad olinganini ifoda etgan Gurdoʻgʻan:

“Choy eksporti oʻtgan yilning shu davriga nisbatan miqdor jihatdan 35 foiz, qiymat jihatidan 25 foiz ortdi. Belgiya, Buyuk Britaniya va Germaniya eng koʻp eksport yoʻlga qoʻyilgan 3 davlat deb qayd etildi. Bu davr Belgiyaga 4 million 51 ming 90, Buyuk Britaniyaga 2 million 498 ming 973 dollar, Germaniyaga esa 1 million 925 ming 873 dollarlik choy eksport qilindi”. -  dedi.

Eksportning ortishiga parallel ravishda mamlakatlar xilma-xilligi ortganiga ham e’tibor qaratgan Gurdoʻgʻan, bu davrda Kongo, Yaman, Kolumbiya, Estoniya va Boliviyaga ham choy sotilganini ma’lum qildi.

Ortishning quvonarli ekanini ifoda etgan Gurdoʻgʻan, choy eksportida yilning bundan ham yaxshi koʻrsatkichlar bilan yakunlanishiga ishonchi komil ekanini oʻz soʻziga ilova etdi.


Tanlangan kalimalar: #Türkiye , #choy ekpsporti

Aloqador xabarlar