Turkiyada qaysi davlat fuqarolari ko‘proq uy sotib olmoqda?

Turkiyada sotib olingan uy-joylar hajmi bo‘yicha ruslar yetakchi bo‘ldi – 2023 kishi. Undan keyin Eron fuqarolari – 498 kishi, Iroq – 310 va Ukraina – 216 kishi.

1908180
Turkiyada qaysi davlat fuqarolari ko‘proq uy sotib olmoqda?

 

Turkiyada xorijlik fuqarolarga uy-joy sotish hajmi joriy yilning oktyabr oyida 2022 yilning shu oyiga nisbatan 8,8 foizga kamayib, 5 ming 377 donaga tushdi. Bunday ma’lumotlar chorshanba kuni Turkiya Statistika instituti tomonidan taqdim etildi.

Umuman olganda, joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida uy-joy sotish hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,7 foizga oshib, 1 million 159 ming 853 donani tashkil etdi.

Oktyabr oyining o‘zida Turkiya ko‘chmas mulk bozorida 102 660 ta bitim tuzildi. Joriy yilning oktyabr oyida xorijliklarga uy-joy sotishning umumiy bitimlar hajmidagi ulushi 5,2 foizni tashkil etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan oyda Turkiyadagi chet elliklar uchun uy-joy ob’ektlarining aksariyati Antaliyada sotilgan - 2123 dona. Undan keyin Istanbul – 1658 dona va Mersin – 490 dona.

Turkiyada sotib olingan uy-joylar hajmi bo‘yicha ruslar yetakchi bo‘ldi – 2023 kishi. Undan keyin Eron fuqarolari – 498 kishi, Iroq – 310 va Ukraina – 216 kishi.

Turkiyada xorijlik fuqarolarga uy-joy sotish hajmi joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 26,9 foizga oshib, 55 ming 21 donaga yetdi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya

Aloqador xabarlar