Gazprom Ozarbayjonga tabiiy gaz yetkazib berishni boshladi

Gazprom Ozarbayjonga tabiiy gaz jo'natish uchun Ozarbayjon Davlat Neft kompaniyasi SOCAR bilan yangi shartnoma imzolanganini bildirdi.

1907993
Gazprom Ozarbayjonga tabiiy gaz yetkazib berishni boshladi

 

Rossiyaning Gazprom kompaniyasi, ikki tomonlama kelishuv doirasida Ozarbayjonga tabiiy gaz yetkazib berish boshlanganini e'lon qildi.

Gazprom tomonidan berilgan yozma bayonotda, Ozarbayjonga tabiiy gaz jo'natish uchun Ozarbayjon Davlat Neft kompaniyasi SOCAR bilan yangi shartnoma imzolangani bildirildi.

Kelishuv doirasida gaz yetkazib berish 15 noyabrda boshlangani ma'lum qilindi. 2023 yilning mart oyigacha 1 milliard kub metrgacha gaz jo'natilishi qayd etildi.


Tanlangan kalimalar: #Gazprom , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar