Turkiya Bolqon davlatlariga 17 mlrd 286 mln dollarlik mahsulot eksport qildi

Bu raqam o'tgan yilning shu davrida 14 milliard 188 million dollar darajasida bo'lsa, o'tgan bir yillik davr mobaynida Bolqon geografiyasiga eksport 21,8 foizga oshdi.

1907106
Turkiya Bolqon davlatlariga 17 mlrd 286 mln dollarlik mahsulot eksport qildi

 

Turkiyadan Bolqon davlatlarga eksport joriy yilning 10 oyida o'tgan yilning shu davriga nisbatan 21,8 foiz ortib, 17 milliard 286 million dollarga yetdi.

Turkiya Eksportchilar Assambleyasi (TIM) maʼlumotlariga koʻra, Albaniya, Bosniya-Gersegovina, Bolgariya, Xorvatiya, Chernogoriya, Kosovo, Shimoliy Makedoniya, Ruminiya, Serbiya, Sloveniya, Gretsiya va boshqa butun Bolqon geografiyasiga joriy yilning 10 oyida 17 milliard 286 million dollarlik eksport amalga oshirildi.

Bu raqam o'tgan yilning shu davrida 14 milliard 188 million dollar darajasida bo'lsa, o'tgan bir yillik davr mobaynida Bolqon geografiyasiga eksport 21,8 foizga oshdi.

Aytilgan davrda Bolqon davlatlari orasida eng yuqori eksport 5 milliard 229 million dollar bilan Ruminiyaga amalga oshirildi.

Ruminiyadan keyin 3 milliard 763 million dollar bilan Bolgariya, 2 milliard 385 million dollar bilan Gretsiya, 1 milliard 434 million dollar bilan Serbiya, 1 milliard 366 million dollar bilan Sloveniya joy oldi.

Xuddi shu davrda Albaniyaga 836 million 630 ming dollarlik, Bosniya va Gersegovinaga 602 million 474 ming dollarlik, Shimoliy Makedoniyaga 537 million 756 ming dollarlik, Kosovoga 520 million 382 ming dollarlik, Xorvatiyaga 482 million 64 ming dollarlik, Chernogoriyaga 128 mln 122 ming dollarlik eksport amalga oshirildi.


Tanlangan kalimalar: #Bolqon , #Turkiya

Aloqador xabarlar