Oʻzbekiston 8 oyda 74.3 ming tonna shaftoli eksport qilgan

O‘zbekiston Rossiyaga 62.9 ming tonna shaftoli yetkazib berdi.

1884549
Oʻzbekiston 8 oyda 74.3 ming tonna shaftoli eksport qilgan

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-avgust oylarida xorijga qiymati 66,2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 74,3 ming tonna shaftoli eksport qilgan. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Statistika qoʻmitasi Matbuot xizmati ma’lumot boʻlishdi.

Ushbu ma’lumotga koʻra:

Joriy yilda shaftoli eksporti 2021- yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 22,2 ming tonnaga koʻpaygan.

Oʻzbekiston joriy yilning yanvar-avgust oylari mobaynida eng koʻp shaftoli eksport qilgan davlatlar:

Rossiya – 62,9 ming tonna

Qirgʻiziston – 6,1 ming tonna

Qozogʻiston – 4,5 ming tonna

Boshqa davlatlar– 762,1 tonna


Tanlangan kalimalar: #Oʻzbekiston , #shaftoli , #eksport

Aloqador xabarlar