Türkiyening banan eksportida o‘sish qayd etildi

Türkiye Statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, mamlakatning banan eksportida o‘sish importda esa kamayishi kuzatildi.

1884792
Türkiyening banan eksportida o‘sish qayd etildi

Türkiyeda banan ishlab chiqarish 5 yilda 139,4 foizga oshdi.

Türkiye Statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2017-2021 yillar orasida banan yetishtirish maydoni va mahsulot miqdori muntazam ravishda ortgan.

Oxirgi 5 yilda 139,4 foiz ortgan banan ishlab chiqarishning yarmidan koʻpi mamlakatning Mersin viloyatida qayd etildi.

O‘tgan yili shaharda 455 ming tonnaga yaqin mahsulot ishlab chiqarildi. Antaliya aytilgan davrda taxminan 376 ming tonna, Adana, Hatay va Mugʻla ham banan ishlab chiqarishda oldingi qatorda oʻrin oldi.

Ishlab chiqarishning ortishi bilan banan eksportida o‘sish, importda esa kamayishi kuzatildi.

Oxirgi 5 yilda 455,5 tonna banan eksport qilinishi bilan 450,9 ming dollar daromad olindi.

Türkiyening banan eksportida o‘tgan yili Suriya, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi va Gruziya yetakchi o‘rinlarni egalladi.


Tanlangan kalimalar: #Türkiye , #banan eksporti , #import , #eksport

Aloqador xabarlar