Turk lirasi dollarga nisbatan eng tarixiy qulashni qayd etdi

Bugun, 22 sentyabr holatiga ko‘ra, lira bir AQSH dollari uchun 18,36 ga tushdi. Ertalabki savdolar chog‘ida lira bir dollar uchun 18,38 dan sotildi, bu esa tarixdagi eng past ko‘rsatkichdir.

1883406
Turk lirasi dollarga nisbatan eng tarixiy qulashni qayd etdi

 

Bugungi valyuta savdolarida turk lirasi AQSH dollariga nisbatan tarixiy eng past ko‘rsatkichini yangiladi. 

Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda.

Savdo maydonchasining bugun, 22 sentyabr holatiga ko‘ra, lira bir AQSH dollari uchun 18,36 ga tushdi. Ertalabki savdolar chog‘ida lira bir dollar uchun 18,38 dan sotildi, bu esa tarixdagi eng past ko‘rsatkichdir. 

Turkiya Statistika tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyada avgust oyida yillik inflyatsiya 80 foizdan oshdi.

O‘tgan yilning dekabr oyidan beri Turkiya hukumati turk lirasini mustahkamlashga qaratilgan yangi iqtisodiy siyosat deb ataladigan siyosatni olib bormoqda. Avgust oyida Turkiya Markaziy banki bu yil birinchi marta foiz stavkasini 14 foizdan 13 foizga tushirdi.


Tanlangan kalimalar: #dollar , #Turk lirasi

Aloqador xabarlar