Turkiya joriy yilda 11 ming tonnadan ortiq asal eksport qildi

Turkiyadan yanvar-avgust oylarida asal eksporti o'tgan yilning shu davriga nisbatan 80 foiz ortib 29 million 982 ming dollarga yetdi.

1881853
Turkiya joriy yilda 11 ming tonnadan ortiq asal eksport qildi

 

Turkiyadan yanvar-avgust oylarida asal eksporti o'tgan yilning shu davriga nisbatan 80 foiz ortib 29 million 982 ming dollarga yetdi.

Sharqiy Qora dengiz eksportchilar uyushmasi raisi Saffet Kalyonju ma'lum qilishicha, joriy yilning 8 oyida Turkiyadan 57 davlatga asal sotilgan.

Uning ta'kidlashicha, bu davrda 11 ming 432 tonna asal eksport qilingan, bundan 29 million 982 ming 111 dollarlik daromad olingan. O'tgan yilning shu davriga nisbatan miqdor jihatidan 130 foizga, qiymati jihatidan esa 80 foizga o'sgan.

Kalyonju Amerika Qo'shma Shtatlari, Ispaniya va Germaniya Turkiyadan eng ko'p asal eksport qilgan davlatlar ekanligini bildirdi.

"Bu davrda AQShga 11 million 31 ming 296 dollar, Ispaniyaga 4 million 477 ming 118 dollar, Germaniyaga 4 million 66 ming 311 dollar qiymatida asal sotilgan”,- dedi u.

Asal eksport qilgan mamlakatlar soni ko'payganiga diqqat qaratgan Kalyonju, Sloveniya, Peru, Daniya, Livan, Yaman, Janubiy Afrika Respublikasi, Iroq, Venesuela, Barbados, Mavritaniya, Liberiya, Bangladesh, Shimoliy Makedoniya, Tayvan va Portugaliya asal eksport qilingan davlatlar ro'yxatidan joy olganini ma'lum qildi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #asal

Aloqador xabarlar