Joriy yilda Antaliyaga 10 milliondan ortiq sayyoh keldi

O'tgan yilning shu davrida Antaliyaga 6 million 151 ming 948 nafar xorijlik sayyoh kelgandi. Joriy yilda o‘tgan yilga nisbatan 64 foizga o‘sish kuzatildi.

1880792
Joriy yilda Antaliyaga 10 milliondan ortiq sayyoh keldi

 

Quyoshi, plyajlari hamda tarixiy va tabiiy go'zalliklari bilan dunyoning turli burchaklaridan sayyohlarni o'ziga tortgan turistik Antaliya shahri joriy yilning dastlabki 8 yarim oyida havo yo'li orqali kelgan 10 million 60 ming 739 nafar xorijlik sayyohni kutib oldi.

Xorijlik sayyohlar soniga ko'ra "turizm poytaxti" deya ta'riflangan shaharda turizm faolligi davom etmoqda.

Mamlakatda global epidemiyadan keyin turizm eng gavjum mavsumini boshdan kechirmoqda.

Joriy yilda 1-yanvardan 15-sentyabrgacha havo orqali shaharga kelgan xorijlik sayyohlar soni 10 million 60 ming 739 nafarni tashkil etdi.

O'tgan yilning shu davrida Antaliyaga 6 million 151 ming 948 nafar xorijlik sayyoh kelgandi. Joriy yilda o‘tgan yilga nisbatan 64 foizga o‘sish kuzatildi.

Turkiyaga turist yuborgan davlatlar ro'yxatida Germaniya, Rossiya va Angliya birinchi uchtalikdan joy olmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Antaliya , #turizm , #sayyoh

Aloqador xabarlar