2022 yilning yanvar-iyul oylarida Turkiya asal eksportidan 26 million dollar daromad olindi

Sharqiy Qoradengiz eksportchilar uyushmasi Raisi Saffet Kalyonju, yilning 7 oyida Turkiyadan 56 davlatga asal eksport qilinganini aytdi.

1866178
2022 yilning yanvar-iyul oylarida Turkiya asal eksportidan 26 million dollar daromad olindi

 

2022 yilning yanvar-iyul oylarida Turkiyadan asal eksportidan 26 million 226 ming 544 dollar daromad olindi.

Sharqiy Qoradengiz eksportchilar uyushmasi Raisi Saffet Kalyonju, yilning 7 oyida Turkiyadan 56 davlatga asal eksport qilinganini aytdi.

Bu davrda 9 ming 923 tonna asal eksportidan 26 million 226 ming 544 dollar daromad olinganini ifoda etgan Kalyo’nju, o'tgan yilning shu davrida 4 ming 268 tonna asal sotilganini, 14 million 910 ming dollarga esa asal sotilganini bildirdi.

Kalyonju, asal eksportining miqdoriy jihatdan 133 foiz, qiymati esa 76 foiz ortganiga diqqat qaratdi.

"AQSh, Germaniya va Ispaniya eng koʻp eksport qilgan davlatlar boʻldi. AQShga 9 million 286 ming 358 dollar, Germaniyaga 3 million 904 ming 203 dollar, Ispaniyaga 3 million 378 ming 193 dollar asal sotildi. ." dedi.

Asal eksportida mamlakatlar xilma-xilligi ortganiga diqqat qaratgan Kalyo’nju, o'tgan yilgidan farqli ravishda Sloveniya, Peru, Maldiv orollari, Daniya, Livan, Yaman, Janubiy Afrika Respublikasi, Iroq, Venesuela, Barbados, Mavritaniya, Liberiya, Bangladesh, Shimoliy Makedoniya, Tayvan va Portugaliyaga bu davrda asal sotilganini ta’kidladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Eksport , #Asl , #Turkiya

Aloqador xabarlar