Antaliyaga 7 oyda havo yo‘li orqali 6.5 milliondan ortiq sayyoh keldi

Antaliya - Turkiyaning eng ko‘p aholi joylashgan beshinchi shahri, ayni vaqtda mamlakatning turizm poytaxti hisoblanadi.

1862648
Antaliyaga 7 oyda havo yo‘li orqali 6.5 milliondan ortiq sayyoh keldi

Antaliyaga 2022-yilning 7 oylik davrida havo yo‘li orqali kelgan sayyohlar soni 6 million 688 ming nafarga yetdi.

Gubernatorlik tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra, Covid-19 pandemiyasi ta’sirining kamayishi va Xavfsiz turizm sertifikati soyasida Antaliyaga kelgan chet ellik sayyohlar sonida katta o‘sish kuzatildi.

Joriy yilning yanvar oyidan iyul oyigacha bo‘lgan davr mobaynida shaharga havo yo‘li orqali kelganlar soni, o‘tgan yilning huddi shu davriga nisbatan 97 foizga ortib, 6 million 688 ming 506 nafarni tashkil etdi.

Mavsumning eng faol davri hisoblangan iyul oyida, havo yo‘li orqali shaharga kelgan sayyohlar soni 2 million 403 ming 992 nafarga yetdi.

Antaliyaga bu yilning 7 oylik davrida eng ko‘p sayyoh 1 million 363 ming 526 kishi bilan Germaniyadan keldi.

Ikkinchi o‘rinda 1 million 275 ming 353 mehmon bilan Rossiya, uchinchi o‘rinda esa 617 ming 440 mehmon bilan Angliya deb qayd etildi.


Tanlangan kalimalar: #Antaliya , #sayyohlar , #havo yo‘li

Aloqador xabarlar