Iyun oyida Istanbulga 1 mln 470 mingdan ortiq sayyoh keldi

Viloyat madaniyat va turizm boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 6 oyida shaharga 6 million 755 ming 300 nafar sayyoh tashrif buyurgan.

1862734
Iyun oyida Istanbulga 1 mln 470 mingdan ortiq sayyoh keldi

 

Iyun oyida Istanbulga kelgan sayyohlar soni o'tgan yilning shu davriga nisbatan 115 foiz ortib, 1 million 470 ming 586 nafarga yetdi.

Viloyat madaniyat va turizm boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 6 oyida shaharga 6 million 755 ming 300 nafar sayyoh tashrif buyurgan.

Iyun oyida Istanbulga 1 million 470 ming 586, o'tgan yilning shu oyida esa 684 ming 621 sayyoh keldi. Shunga ko'ra, iyun oyida sayyohlar soni 2021 yilning shu oyiga nisbatan 115 foizga oshdi.

Iyun oyida shaharga havo yo'li orqali 1 million 447 ming 273 kishi, dengiz orqali 23 ming 313 kishi kelgan.

Iyun oyida Istanbulga kelgan sayyohlar orasida 126 ming 507 kishi bilan nemislar birinchi o'rinni egalladi.

 

Germaniya - 126 ming 507

Rossiya - 117 ming 169 

Eron - 99 ming 115

AQSh - 96 ming 604 

Britaniya - 59 ming 901

Fransiya - 48 ming 142

Iroq - 45 ming

Quvayt - 40 ming 57

O'zbekiston - 36 ming 290

Iordaniya - 33 ming 417

Qozog'iston - 31 ming 953

Isroil - 28 ming 935 

Niderlandiya - 25 ming 443

Italiya - 25 ming 180

Iyun oyida 198 davlatdan sayyohlar Istanbulga kelgan bo'lsa, Solomon orollari, Shimoliy Koreya va Mikroneziya Federativ Davlatlaridan bir kishi, Palau va Tongadan ikki kishi shaharga tashrif buyurdi.


Tanlangan kalimalar: #turist , #Istanbul

Aloqador xabarlar