Boʻzjaada Yevropaning eng sehrli orollari roʻyhatidan oʻrin oldi

Turkiyaning uchinchi buyuk orollaridan biri boʻlgan Boʻzjaada, Yevropaning eng sehrli orollari roʻyhatidan oʻrin oldi

1858389
Boʻzjaada Yevropaning eng sehrli orollari roʻyhatidan oʻrin oldi
bozcaada1.jpg
the guardian bozcaada.jpg
bozcaada.jpg

Chanoqqal’aning turizm jannati Boʻzjaada, “Yevropaning eng sehrli 10 oroli” roʻyhatining ikkinchi qatoridan oʻrin oldi.

Oxirgi yillarda dunyoning eng yaxshi orollari orasida tez-tez koʻrsatilayotgan Boʻzjaada, bu safar ingliz gazetasi The Guardian sahifalarida chop etildi.

Tavsiya etilgan 10 ta orolning tanho plyajlari, tinch va buzilmagan tabiatiga alohida e’tibor qaratildi.

Turk va grek merosiga boy orol ekani ifoda etilgan Boʻzjaadaning, yoz mavsumida asosan istanbulliklar tomonidan tanlangani ta’kidlandi.

Bozjaadaning Troya urushidagi oʻrniga ham ishora qilingan xabarda, masjid va pravoslav cherkovining bir-biriga mos tushishiga diqqat qaratilar ekan, ayni vaqtda bir port shahri ekani ham qayd etildi.

Xabarda shuningdek, tavernalar va uzum ishlab chiqarishga ham e’tibor qaratildi.

Bo‘zjaada oxirgi yillarda New York Times, Business Insider, New York Times va Amerika Forbes jurnali tomonidan ham tavsiya etilgandi.

 



Aloqador xabarlar