Turkiya eksportida o‘sish kuzatildi

Turkiya eksportida bu yilning may oyida o‘tgan yilning huddi shu oyiga nisbatan o‘sish kuzatildi.

1850898
Turkiya eksportida o‘sish kuzatildi

Turkiyaning eksporti may oyida o‘tgan yilning huddi shu oyiga nisbatan 15,3 foiz ortib 18 milliard 984 million dollarga yetdi.

Turkiya Statistika qo‘mitasi bilan Savdo vazirligi hamkorlig‘ida may oyi uchun tayyorlangan vaqtinchalik tashqi savdo ma’lumotlari e’lon qilindi.

Shunga ko‘ra, Umumiy Savdo tizimi (GTS) doirasidagi eksport may oyida o‘tgan yilning huddi shu oyiga nisbatan 15,3 foiz ortib, 18 milliard 984 million dollarga yetdi.

May oyidagi eksportda Germaniya ro‘yhatning birinchi qatoriga kiritilar ekan, nomi tilga olingan mamlakatdan 1 milliard 492 million dollarlik daromad qo‘lga kiritildi.

Germaniyadan keyingi qatordan AQSh (1 milliard 273 million dollar), Iroq (978 million dollar), Italiya (953 million dollar) va Buyuk Britaniya (911 million dollar) o‘rin oldi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya eksporti , #eksport

Aloqador xabarlar