"Fitch Ratings" Turkiya iqtisodiyotining bu yilgi o'sish prognozini 4,5 foizga oshirdi

Xalqaro kredit reyting agentligi "Fitch Ratings" hisobotiga ko'ra, Turkiya iqtisodiyoti joriy yilning birinchi choragida kutilganidan ancha yaxshi natijalarga erishdi.

1842859
"Fitch Ratings" Turkiya iqtisodiyotining bu yilgi o'sish prognozini 4,5 foizga oshirdi

 

Xalqaro kredit reyting agentligi "Fitch Ratings" Turkiya iqtisodiyotining bu yilgi o'sish prognozini 4,5 foizga oshirdi.

Agentlik Global Iqtisodiy taxminlar hisobotining iyundagi sonini "Valyuta va kredit siyosatining qaytishi" sarlavhasi bilan chop etdi.

Hisobotga ko'ra, Turkiya iqtisodiyoti joriy yilning birinchi choragida kutilganidan ancha yaxshi natijalarga erishdi.

Import eksportga nisbatan tez sur'atlarda kamaygan bo'lsa-da, sarmoyalar qo'shimcha qo'llab-quvvatlagani va sof savdodagi o'sishga yordam bergani ta'kidlandi.

Kredit reyting agentligi hisobotida Turkiya iqtisodiyoti joriy yil 4,5 foiz, 2023 yilda 3 foiz, 2024 yilda esa 2,9 foiz o'sishi kutilayotgani qayd etildi.

Fitch avvalroq, Turkiya joriy yil 2,4 foizga, 2023 yilda esa 3,2 foizga o'sishini bashorat qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Fitch Ratings

Aloqador xabarlar